thumb|Kalkun 2020-yilda oʻz uyida konsert oʻtkazmoqda (Rudu Rahumaru tomonidan surat) Mari Kalkun (1986-yil 1-aprelda tugʻilgan) — Estoniya zamonaviy-folklyor musiqachisi. 2007-yildan beri bir nechta qoʻshiqlarni chiqargan Runorum ansambli bilan mamlakatda va chet elda namoyish etgan. 2013-yilda Estoniyaning Ethno Music Awards tanlovida eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilgan. 2018-yilgi Ilmamõtsan albumi Estoniya anʼanaviy xalq musiqasi, ayniqsa, Janubi-Sharqiy Estoniyadagi Kalkunning Võru qishloqlaridan ilhomlangan qoʻshiqlardan iborat.
Biografiyasi Mari Kalkun 1986-yil 1-aprel kuni tugʻilgan. Estoniyaning janubi-sharqidagi Võru tumanida katta boʻlgan. Bolaligidan atrofdagi oʻrmonlar, qushlar va bogʻlardan ilhomlangan. Qarindoshi musiqachi va folklorist Andreas Kalkun bilan ham hamkorlik qilgan.
Birinchi navbatda Viljandi madaniyat akademiyasi madaniy menejment yoʻnalishini oʻqigan, keyin Estoniya musiqa va teatr akademiyasida musiqa yoʻnlaishida taʼlim olgan. Finlandiyaning Helsinki shahridagi Sibelius akademiyasida almashinuv dasturida anʼanaviy qoʻshiqchilik sohasinni magistrlik darajasi bilan bitirgan. Folklyor musiqasini jazz bilan uygʻunlashtirib, oʻz uslubini rivojlantirgan.
Kalkun nafaqat qoʻshiq kuylaydi, balki musiqasini ham yaratib, Estoniya sitari, pianino, akordeon va gitara kabi bir nechta asboblarni chala oladi. 2007-yilda oʻzining birinchi yakkaxon albomi Üü tulõk ni chiqargan. Muvaffaqiyati tufayli Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Rossiyada konsertlariga taklif etilgan. 2009-yilda Yaponiyada estoniyalik sanʼatkor Pastacas bilan birga duet ijro etgan.
Keyingi albomlari orasida Dear Rain (2010), Tii ilo (2015) oʻzining finn bandasi Runorum va ona Võru dialektidagi Upa-upa ubinakõnõ (2015) kabilari mavjud. Ilmamõtsan 2017-yil noyabr oyida chiqarilgan. 12 ta eston va võru tillarida yozilgan qoʻshiqlardan iborat boʻlib, ularning aksariyati mahalliy shoirlardan ilhomlangan holda yozilgan.
Manbalar
Havolalar Mari Kalkunning veb-sayti