Türkan Saylan (13-dekabr 1935-yil; 18-may 2009-yil) – turk shifokori, dermatologi, akademik, yozuvchi, pedagog va jamoat arbobi. Türkan Saylan „zamonaviy hayotni qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi“ (, ÇYDD) xayriya jamgʻarmasining asoschisi sifatida tanilgan.

Faoliyati

1944-yildan 1946-yilgacha u Kandilli shahridagi boshlangʻich maktabida oʻqigan. 1963-yilda Istanbul tibbiyot maktabini tamomlagan. 1964-yildan 1968-yilgacha Nishantashidagi teri kasalliklariga ixtisoslashgan ijtimoiy xavfsizlik kasalxonasida ishlagan. 1968-yilda Istanbul universitetining tibbiyot fakultetida dermatologiya mutaxassisligi boʻyicha katta assistent boʻlib ishlay boshlagan. 1972-yilda oʻqituvchi, 1977-yilda esa professor boʻlgan. 1976-yilda moxovga qarshi kurashni boshladi va Moxovga qarshi assotsiatsiyaga asos solgan. 1976-yilda Xalqaro Moxov Ittifoqining (XMI) asoschilaridan biri boʻlgan.

Türkan Saylan 2009-yilning 18-may kuni vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Istanbulda vafot etganlar Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:18-mayda vafot etganlar Turkum:Istanbulda tugʻilganlar Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:13-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Professor