Ümmiye Koçak (1957-yilda tugʻilgan) – turk ssenariynavisi va aktrisasi.
Hayoti Ümmiye Koçak 1957-yilda Adana viloyatining Chelemli qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich maktabni oʻz qishlogʻida tamomlagan. Ammo u oʻqishni davom ettira olmagan. 1982-yilda turmush qurgach, Mersin viloyatidagi Arslankoʻyga koʻchib oʻtgan va u yerda hozirga qadar yashamoqda. Arslankoʻy – Toros togʻlariga yaqin togʻli aholi punkti boʻlib, Mersin shimolida uzoqlikda joylashgan.
Ümmiye Koçakning uch nafar farzandi bor.
Teatr va kinodagi ijodi
Ümmiye Koçak yetarli darajada maʼlumotga ega boʻlmasa ham, oʻqish-oʻrganishni yaxshi koʻrgan. 2001-yilda u oʻzining kichik shaharchasida Arslanköy Kadınlar Tiyatro Grubu („Arslanköy ayollar teatr guruhi“) nomli ayollar teatrini tashkil qilgan. 2006-yilda guruh Adana shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Sabanji teatr festivalida ishtirok etgan.
Keyin Ümmiye Koçak qishloq ayollari hayoti haqida Yün Bebek („Yunli qoʻgʻirchoq“) nomli film ssenariysini yozgan. 2013-yilda Ümmiye Koçak boshchiligida suratga olingan film „Ikkinchi Nyu-York Yevroosiyo kinofestivali“da ishtirok etgan va mukofotga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u teleseriallarda roʻl oʻynagan. U suratga tushgan seriada Hatice ismli qishloq ayoli va uning qizi Elifning fojiasi aks ettirilgan. Haticening ikkinchi turmush oʻrtogʻi Ali va Alining onasi Hatice va Elifni doimo haqorat qilib kelgan. Zulmga uchragan Elif jun qoʻgʻirchoqni topgach, yengil tortadi. Filmda bosh rollarni Ayşe Armut, Öznur Armut va Seher Cuvadir ijro etgan. Filmda bitta sahnadagi siluetdan boshqa erkak qahramon yoʻq. Filmning debyuti 2012-yilda 49-Xalqaro Antaliya kinofestivalida boʻlib oʻtgan va tanlovda ishtirok etmagan film sifatida qayd etilgan. Keyinchalik film Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) telekanalida ham namoyish etilgan.
2017-yilda u portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan Turk Telecom telekompaniyasining reklama roligida suratga tushgan.
Ishlari
Ssenariylar
Erik Eşkisi Ozon Tapakas Kara Kuy Doktor Beleş Turunchgil Hayattir Chicekler Solmasin Hasret Çiçekler
Qisqa hikoyalar
Vatan Sevgisi Irazcaning Düşleri Kanayan Yara Kader Obruk Ayaksız Ayakta Durmak Baba Ben Geldim Muhtor Adayı Hasret Ana
Televizion seriallardagi faoliyati
Istanbul Hanımın Çiftliği Hayot Devam Ediyor Hanımın Çiftliği Kasaba Seher Vakti.
Mukofotlari
Adana xalqaro teatr mukofoti Anqara xalqaro teatr mukofoti Darüşafaka taʼlim mukofoti Bornova xalqaro ayol rassomlar festivali mukofoti Toros koleji taʼlim mukofoti Ayollarga zoʻravonlikka qarshi „Kader“ nodavlat tashkiloti mukofoti Mersin sanoatchi va ishbilarmonlari yillik sanʼat mukofoti TİKAV- 2012 Onalar maktabi mukofoti Samsung nodavlat tashkiloti tashabbusi mukofoti Nyu-York Yevroosiyo kinofestivalining mukofoti Manbalar
Turkum:Yüreğirlik kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk ayol kinorejissyorlari Turkum:Turkiyalik kinomatograflar