Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi (bundan keyin Texnikum)– Samarqand shahri Yoshlar maxallasi Rudakiy koʻchasi 190 uyda joylashgan. thumb|Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Texnikum tashkil etilishi

Texnikum tashkil etilgan yil – 1982 yil, Samarqand Davlat tibbiyot universtiteti qoshidagi Tibbiyot bilim yurti sifatida.

Kollej maqomi berilgan yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14-avgustdagi 338-sonli buyrugʻi asosida.

Qayta tashkil etilgan yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi „Tibbiy –sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ-4666 qarori asosida.

Direktorlar

1989-2005 yillarda Xodiyev Xodji Xodiyevich

2005-2008 yillarda Razzoqov Olim Narziqulovich

2008-2010 yillarda Davirov Abdurayim Ablakulovich

2012-2016 yillarda Jamolov Anvar Kuchkarovich

2016 yildan x.v Ibragimov Orifjon Murodullayevich texnikum direktori boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetlar

„Hamshiralik ishi“ 5710301-50910203, 40910203

„Feldsherlik ishi“-50910204

„Feldsher-akusherlik ishi“ 5710101-50910201

„Feldsher-laborantlik ishi“ 5710102-50910202

„Tibbiy profilaktika ishi“" 5710401-50910301

„Farmatsiya“ 5710501-50910401

Kafedralar

Hamshiralik ishi

Terapiya

Xirurgiya

Pediatriya

Asab va ruhiy kasalliklar

Farmatsiya

Gigiyena

Umumtaʼlim fanlar kafedralari faoliyat yuritadi

Kontingent Texnikumda 145 nafar oʻqituvchi faoliyat koʻrsatadi. bundan tashqari 100ga yaqin soatbay oʻqituvchi jalb qilingan

Oʻquvchilar soni Texnikumda 2700dan ziyod talaba taxsil olmoqda

Maydoni

Maydoni 19318.96 m.kv

Alohida binolar soni – 10

Manbalar

https://orginfo.uz/uz/organization/ab8687a76836/

Havolalar

Texnikum rasmiy veb-sayti

SamDTU veb-sayti

PROFESSIONAL TAʼLIM TOʻGʻRISIDA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Turkum:Kollejlar