The Menu — Will Tracy muallifligidagi hikoyaga asoslangan holda senarist Setg Reiss va Will Tracy tomonidan yozilgan, Adam McKay, Betsy Koch va Will Ferrelllarning prodyuserligida rejissyor Mark Mylod tomonidan 2022-yil olingan komediya qoʻrqinchli film. Roʻllarda Ralph Fiennes – bosh oshpaz, Hong Chau oshpaz yordamchisi, Anya Taylor-Joy, Nicholas Hoult, Janet McTeer, Reed Birney, Judith Light, va John Leguizamolar esa mijoz rollarini ijro etishgan.

Filmning premyerasi 2022-yil 10-sentabrda Toronto xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdi va 2022-yil 18-noyabrda Searchlight Pictures tomonidan AQShda namoyish etildi. Film butun dunyo boʻylab 30 million dollarlik byudjet bilan 79 million dollardan ortiq daromad keltirdi va tanqidchilarning ijobiy baholarini oldi.

Ijodkorlar tarkibi

Ralph Fiennes Oshpaz Slowik roʻlida Anya Taylor-Joy Margot roʻlida Nicholas Hoult Tyler roʻlida Hong Chau Elsa roʻlida Janet McTeer Lillian roʻlida Paul Adelstein Ted roʻlida Aimee Carrero Felicity roʻlida Reed Birney Richard roʻlida Judith Light Anne roʻlida Rebecca Koon Linda roʻlida Rob Yang Bryce roʻlida Arturo Castro Soren roʻlida Mark St. Cyr Dave roʻlida Peter Grosz sommelier roʻlida Christina Brucato Katherine roʻlida Adam Aalderks Jeremy roʻlida John Paul Allyn kema afitsianti roʻlida Mel Fair kema kapitani roʻlida Cristian Gonzales xizmatchi roʻlida Matthew Cornwell Dale roʻlida John Wilkins xizmatchi roʻlida

Kasting 2019-yil Aprelda Emma Stone va Ralph Fiennes ushbu kinoda roʻl ijro etishlarini eʼlon qilishdi.

2021-yil iyun oyida Anya Taylor-Joy boshqa ishlari sababli loyihani tark etgan Stonening oʻrniga kinoijodkorlar tarkibiga qoʻshildi; Xong Chau va Nicholas Hoult oʻsha oyning oʻzida aktyorlar tarkibiga qoʻshilishdi. John Leguizamo, Janet McTeer, Judith Light, Reed Birney, Rob Yang, va Aimee Carrero sentyabrda ijodkorlar tarkibiga qoʻshildi. Oktyabr oyida Paul Adelstein, Arturo Castro, Mark St. Cyr, Rebecca Koon va Peter Grosz aktyorlar loyihaga qoʻshildi.

Manbalar

Turkum:AQSH qora komediyalari