Muhammad Afzalxon (1815 – 1867-yil 7-oktyabr; forscha: ) – 1849—1863-yillarda afgʻon Turkistonining hokimi va 1866-yil may – 1867-yil oktyabrigacha Afgʻoniston amiri. Doʻstmuhammadxonning toʻngʻich oʻgʻli Afzalxon 1815-yilda Kobulda tugʻilgan. Otasi 1863-yil 9-iyunda vafot etdi. Doʻstmuhammadxon oʻgʻillari oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi. 1866-yil may oyida u akasi Sheralixondan hokimiyatni tortib oldi va Kobulni egalladi. Bir yil oʻtgach, u vabo bilan kasallanib, 1867-yil 7-oktyabrda vafot etdi. Afzalxon vafotidan keyin Muhammad Aʼzamxon Afgʻoniston amiri deb eʼlon qilindi. U etnik pushtun va Barakzoi urugʻiga mansub boʻlgan.
Muhammad Afzalxonning uchinchi oʻgʻli Abdurahmon 1880—1901-yillarda amir boʻlgan. Taxtapulning yaratilishiga ham Afzalxon mas’ul boʻlganLee, Jonathan L. (1 January 1996). The „Ancient Supremacy“: Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901. BRILL. ISBN 978-90-04-10399-3..
Manbalar
Turkum:Pushtunlar Turkum:Afgʻoniston amirlari Turkum:1867-yilda vafot etganlar Turkum:1811-yilda tugʻilganlar Turkum:19-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:Osiyodagi 19-asr hukmdorlari Turkum:19-asr afgʻon siyosatchilari