Madrasatul Islah anʼanaviy islom taʼlim muassasasi va Uttar-Pradesh shtatining Azamgarh tumanidagi Sarai Mir shaharchasida joylashgan mashhur sharqshunoslik va islomshunoslik markazidir. Uning faoliyati 1908-yilda Mavlono Muhammad Shofiy tomonidan hududning taniqli olimlari va diniy seminariyalari ishtirokida boshlagan. Madrasa Dorul Ulum Deoband va Dorul Ulum Nadvatul Ulamonikidan farqli oʻquv dasturi va mafkurasi bilan tashkil etilgan. Shibli Noʻmoniy va Hamiduddin Farahiy bu madrasaning bosh meʼmorlari sanaladi.

Boshlangʻich davri Madrasaning tamal toshi 1908-yilda Asgʻar Husayn Deobandiy tomonidan qoʻyilgan. Uning birinchi bosh boshqaruvchisi Hamiduddin Farahiy boʻlgan. Amin Ahsan Islohiy 1943-yilgacha madrasada muallimlik qilgan.

Taʼlim uslubi Madrasa tafsirga kamroq tayangan holda Qur’on matnini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishni oʻrgatish uslubini qabul qilgan. 2009-yilda gazetada chop etilgan maqolada madrasa boshqa koʻplab madrasalar qatori „zamonaviy, ilgʻor oʻquv dasturlari“ni joriy qilganiligi taʼkidlangan.

Taniqli bitiruvchilari Madrasadan bir qancha mashhur islom ulamolari yetishib chiqqan:

Muhammad Najotualloh Siddiqiy Abdul Azim Islohiy Amin Ahsan Islohiy Vohididdinxon Ishtiyoq Ahmad Zilliy Sadruddin Islohiy Axtar Muslimiy Muhammad Yusuf Islohiy

Merosi

2003-yil, Madrasatul Isloh Azamgarhning arabshunoslik rivojidagi roli, Aligarh musulmon universiteti Arshad Azmi tomonidan nomzodlik dissertatsiyasi.

Yana qarang

Dorul Ulum Deoband Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Hindistondagi islomiy universitet va kollejlar Turkum:Azamgarh tumani Turkum:Uttar Pradeshdagi universitet va kollejlar