Abū Jaʼfar Horūn ibn Muḥammad (; 812-yil 17-aprel — 847-yil 10-avgust), koʻproq hukmdorlik nomi Vosiq billoh (, ) bilan mashhur, 842-yildan 847-yilgacha (Islomiy taqvim boʻyicha hijriy 227—232-yillar) Abbosiylar xalifasi.
Manbalarda Vosiq bilimdon, aql-zakovatga qiziquvchan, shu bilan birga shoir va ichkilikboz, shoir va musiqachilar hamda olimlar davrasidan bahramand bo‘luvchi shaxs sifatida ta’riflangan. Uning qisqa hukmronligi otasi Muʼtasim siyosatining uzviy davomi boʻlgan. Chunki hokimiyat Muʼtasim tayinlagan amaldorlar qoʻlida boʻlishda davom etgan. Hukmronlikning asosiy voqealari qoʻzgʻolonlarni bostirish boʻlgan. Jumladan, 842-yil Suriyada, 845-yil Hijozda va 846-yilda Yamamada badaviylar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Armanistonni tinchlantirish uchun bir necha harakat qilgan. Eng muhimi 846-yilda Ahmad ibn Nasr al-Xuzoiy boshchiligida Bagʻdodda boʻlib oʻtgan muvafaqqiyatsiz qoʻzgʻolon boʻlgan. Vosiqning moʻtaziliylik taʼlimotini qoʻllab-quvvatlashda davom etgan va muxoliflarini yoʻq qilish uchun mihnani qayta faollashtirgan. Tashqi siyosatda Vizantiya imperiyasi bilan koʻp yillik ziddiyatlar davom etgan. Abbosiylar hatto Mauropotamosda muhim gʻalabaga erishgan, ammo 845-yilda asirlar almashinuvidan soʻng urush bir necha yilga toʻxtagan.
Vosiqning xarakteri boshqa abbosiy xalifalari bilan taqqoslaganda nisbatan noaniq. Aftidan, xalifa saroydagi dabdabali hayot bilan band bo‘lgan o‘troq hukmdor, qobiliyatli shoir, shoir va musiqachilar homiysi bo‘lgan, shuningdek, ilmiy ishlarga ham qiziqish bildirgan. Vosiqning kutilmagan oʻlimi tufayli merosxoʻr tayinlashga ulgurmagan. Vosiqning o‘g‘li Muhtadiy yoshligi tufayli, o‘gay ukasi Mutavakkil yetakchi amaldorlar guruhi tomonidan keyingi xalifa etib saylangan.
Yoshlik davri
Vosiq 812-yilning 17-aprelida (turli manbalarda 811—813-yillar, biroz oldinroq yoki keyinroq sanalar berilgan) Makka yo‘lida tug‘ilgan. Otasi abbosiy shahzodasi, keyinroq xalifa boʻlgan Muʼtasim (), onasi esa Vizantiyalik yunon qul (ummu al-valad) Qaratis edi. Bobosi xalifa Horun ar-Rashid () sharafiga Horun ismi berilgan va Abu Jaʼfar teknonimi boʻlgan.
Vosiqning yoshligi mavhum, bundan tashqari, uning otasi dastlab vorislik huquqi boʻlmagan kichik shahzoda edi. Muʼtasim mashhur mavqeini mustahkamlab borib, oxir-oqibat turkiy qullardan iborat shaxsiy elita qoʻshinini (gʻilmon) boshqargani tufayli xalifalikka erisha olgan. Horun ibn Ziyod Vosiqning birinchi ustozi sifatida tilga olingan. Amakisi xalifa Maʼmundan () xattotlik, qiroat va adabiyotni oʻrgangan. Ikkilamchi manbalarda bilimdonligi va odob-axloqi uchun unga „Kichik Maʼmun“ laqabi berilgan.
Muʼtasim xalifa boʻlgach, oʻz oʻgʻli va merosxoʻri Vosiqning boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi uchun qaygʻurgan. Shunday qilib, Vosiq 835-yilda, Muʼtasim Samarrada yangi poytaxt qurish uchun shimolga koʻchib oʻtgach, poytaxt Bagʻdod uchun masʼul boʻlib qolgan. So‘ngra Tabariy maʼlumotida general Afshinni 838-yilda (hozirgi Eronda) Bobak Xurramdin qo‘zg‘oloni bostirilgandagi g‘alaba bilan qaytish chog‘ida tantanali kutib olish uchun yuborilgani, oʻsha yili Amoriy yurishi paytida otasiga oʻrinbosar sifatida poytaxtda qolgani haqida qayd etilgan.
Keyin 841-yilda Vosiq sharmanda boʻlib, qamoqqa olingan Afshinga bir piyola meva keltirgani haqida eslatib oʻtilgan. Meva zaharlangan boʻlishidan qo‘rqqan Afshin uni qabul qilishdan bosh tortgan va xalifaga xabar yetkazish uchun boshqa birovni so‘ragan. Samarrada Vosiqning qarorgohi otasining saroyiga yaqin joylashgan va u hukumat ishlarida faol boʻlgan. Tarixchi Jon Tyorner taʼkidlaganidek, bu maʼlumotlar Vosiqni „otasining ishonchli agenti rolida“ koʻrsatadi. Bu esa Vosiqqa hokimiyat jilovini oʻz qoʻliga olish uchun qulay boʻlgan. Boshqa tomondan, Vosiqqa hech qachon harbiy qoʻmondonlik vazifasi berilmagan va hatto Abbosiylarning harbiy amaliyotidan chetda qolib, Amoriy yurishida ham qatnashmagan.
Hukmronligi
Tabariyning yozishicha, Vosiq o‘rta bo‘yli, kelishgan va baquvvat bo‘lgan. U qizgʻish rangli boʻlib, olijanob naslga aloqador edi. Chap koʻzi oq dogʻ tufayli falaj boʻlib qolgan va bu holat uning nigohini qatʼiy koʻrinishga keltirgan. 842-yil 5-yanvarda Muʼtasim vafot etgach, Vosiq qarshiliksiz xalifalik taxtiga oʻtirgan. Toʻliq xazinaga merosxoʻr boʻlgan yangi xalifa, ayniqsa, Bagʻdod hamda muqaddas Makka va Madina shaharlaridagi oddiy odamlarga katta-katta xayr-ehsonlar qilgan. Vosiq 842-yilda onasi Qaratisni ukasi Ja’far (bo‘lajak xalifa Mutavakkil) hamrohligida hajga jo‘natgan. Qaratis 842-yil 16-avgustda yoʻlda, Hirada vafot etgan va Kufada dafn qilingan.
Hukmron elita
Vosiqning hukmronligi qisqa va Muʼtasim hukmronligining davomi boʻlgan. Chunki hukumatni Muʼtasim hokimiyat tepasiga olib kelgan shaxslar: turkiy harbiy qoʻmondonlar Itax, Vosif, Ashinas, vazir Muhammad ibn az-Zayyot hamda boshqa qozi (sudya) Ahmad ibn Abu Duvodlar boshqargan. Bu odamlar shaxsan Muʼtasimga sodiq boʻlgan, ammo Vosiq bilan aloqada boʻlmagan. Tyornerning fikricha, bu tor doira amalda „hokimiyat dastaklarini va shu tariqa xalifaning mustaqilligini ham nazorat qilgan“.
Xalifa va uning eng qudratli qoʻmondoni oʻrtasidagi ittifoqni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar doirasida Vosiq 843-yil iyun/iyul oylarida Ashinasga hukmronlikni topshirib, shu munosabat bilan unga Samarradan boshlab Gʻarbiy viloyatlar ustidan keng koʻlamli hukmronlik imkonini bergan. Bu esa XV asrda yashagan misrlik olim as-Suyutiy tomonidan Magʻrib qirol hokimiyati (sulton) xalifa tomonidan alohida subʼektga topshirilgan birinchi holat ekanligi aytilgan. Ashinas 844-yilda vafot etganidan soʻng, Itax bosh qoʻmondon va gʻarbiy viloyatlar ustidan noiblik lavozimini egalladi. Yangi xalifa Samarrada ham koʻplab qurilish ishlari bilan shugʻullangan. Bunda xalifalik qarorgohini shaharga aylantirish uchun bozorlar va shahar ehtiyojlariga mos keladigan yangi port barpo etilishiga ahamiyat berilgan. Bu harakatlar Samarrani nafaqat oʻz aholisi uchun qulayroq qilgan, balki Abbosiylar elitasi va Muʼtasim davrida yangi poytaxtga koʻchib oʻtishga mavjub boʻlgan harbiylar uchun shahardagi mulkka sarmoya kiritishni iqtisodiy jihatdan jozibador ham qilgan edi.
Biroq, 843/44-yillarda xalifa — goʻyoki vazir Ibn az-Zayyatning tashabbusi bilan yoki Tabariyning maʼlumotiga koʻra, Horun ar-Rashid boshchiligida Barmakiylar qulatilishi kabi markaziy hukumatdagi bir qancha kotiblarni hibsga olib, qiynoqqa solgan va turkiy qoʻshinlarga pul toʻlash uchun mablagʻ yigʻish maqsadida ularga katta jarima solgan. Bu chora bir vaqtning oʻzida fuqarolik va harbiy elitalar oʻrtasidagi nizolarni yoʻqotish yoki Itax va Ashinas kabi yetakchi turkiy qoʻmondonlar kuchini kamaytirishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Chunki hibsga olingan va pul toʻlashga majbur boʻlgan kotiblarning aksariyati ularning xizmatida boʻlgan.
Qoʻzgʻolonlarni bostirish thumb|upright=1.25|alt=Map of the Middle East, with the territory of the Abbasid Caliphate in green and the main cities and provinces shown|-yilda Abbosiylar xalifaligi va provinsiyalari
Muʼtasim hukmronligining soʻnggi oylarida Falastinda Mubarqa ismli shaxs boshchiligida keng koʻlamli qoʻzgʻolon koʻtarilgan edi. Muʼtasim qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash uchun general Raja ibn Ayyub al-Hidariyni yuborgan. Vosiq hokimiyat tepasiga kelgach, Hidariyni Damashq atrofidagi Qaysiy qabilalari qoʻzgʻoloniga boshchilik qilgan Ibn Bayhasga qarshi yubordi. Bu qoʻzgʻolonning Mubarqa qoʻzgʻoloni bilan aloqadorligi boʻyicha maʼlumot mavjud emas. Hidariy qabilalar o‘rtasidagi kelishmovchilikdan foydalanib, tezda Ibn Bayhasni mag‘lub etgan, so‘ng janubga yurib, Ramla yaqinida Mubarqa qo‘shinlari bilan to‘qnashgan. Jang hukumat armiyasining hal qiluvchi g‘alabasi bo‘lgan. Mubarqa asir olinib, Samarraga olib kelingan. Samarrada qamoqqa tashlanganidan keyin u haqda hech qaysi manbada eslatilmagan.
Vosiq taxtga kelgach, Xolid ibn Yazid ash-Shayboniyni notinch Armaniston viloyatiga noib etib tayinlagan. Katta qoʻshin boshligʻi boʻlgan Xolid Kavakert jangida mahalliy musulmon va nasroniy shahzodalar qarshiligini bartaraf etgan. Ko‘p o‘tmay Xolid vafot etgan. Uning o‘rniga tayinlangan o‘g‘li Muhammad ash-Shayboniy otasining ishlarini davom ettirgan.
845-yil bahorida yana bir qabila qoʻzgʻolon koʻtargan. Mahalliy qabila Banu Sulaym Madina atrofida Banu Kinana va Bahila qabilalari bilan toʻqnash kelishi natijasida 845-yil fevral/mart oylarida qonli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. Mahalliy noib Solih ibn Ali ularga qarshi muntazam qoʻshinlar hamda Madina fuqarolaridan iborat qoʻshin yubordi, ammo sulaymlar gʻalaba qozonib, ikki muqaddas shahar atrofini talon-taroj qilishga kirishdilar. Natijada, may oyida Vosiq turkiy lashkarboshilaridan biri Bugʻa al-Kabirga qoʻzgʻolonni bostirishni topshirgan. Bugʻa shokiriy, turkiy va magʻariba qoʻriqchi boʻlinmalarining professional qoʻshinlari hamrohligida Sulaymni yengib, taslim boʻlishga majbur qilgan. Kuz boshida Banu Hilolni ham bo‘ysunishga majbur qilgan. Bugʻa qoʻshinlari Madinada jami 1300 ga yaqin asir oldilar. Asirlar qochishga harakat qilishgan, ammo mediniyaliklar bunga toʻsqinlik qilishgan va asirlarning aksariyati bu jarayonda halok boʻlgan. Bu orada Bug‘a fursatdan foydalanib, mintaqaning boshqa badaviy qabilalarini qo‘rqitib, Banu Fazara va Banu Murra qabilalariga qarshi yurish qilgan. Koʻpchilik qabilalar bo‘ysungan, boshqalari Balqaga qochib ketishgan. Keyin Bugʻa Banu Kilabni boʻysundirib, 846-yil may oyida ulardan 1300 nafarga yaqinini Madinaga asir qilib olib ketgan.
845/6-yillarda Diyor Rabiyada Muhammad ibn Abdulloh at-Saʼlabiy (yoki Muhammad ibn Amr) davrida kichik xorijiylar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtgan, ammo Mosul hokimi osonlikcha bostirgan. Xuddi shu yili general Vosif Isfahon, Jibal va Forsdagi notinch kurd qabilalarini bostirgan.
Vosiq 846-yil sentyabrida Yamamadagi Banu Numayr qabilalarining vayronagarchiliklarini to‘xtatish uchun Bug‘a al-Kabirni yuborgan. 847-yil 4-fevralda Bugʻa Batn as-Sirrning sugʻoriladigan yerida 3000 nafarga yaqin numayriylarga qarshi katta jang olib borgan. Avvaliga Bugʻa qoʻshini kuchli bosimga uchrab, deyarli parchalanib ketgan. Keyin Numayriylarning otliqlariga qarshi joʻnatilgan bir qancha qoʻshinlar qaytib kelib, Bugʻaga hujum qilgan qoʻshinlarga qarshi jangda ularni butunlay tor-mor qilgan. Bir manbaga koʻra, 1500 tagacha Numayriylar oʻldirilgan. Bugʻa bir necha oy davomida mintaqani tinchlantirish, boʻysunganlar uchun xavfsiz harakatlanish varaqalari tarqatish va qolganlarni taʼqib qilish bilan shugʻullangach, 847-yil iyun/iyul oylarida Basraga qaytib kelgan. Oʻzi bilan turli qabilalardan boʻlgan 2200 nafardan ortiq badaviylarni asir qilib olib kelgan.
Moʻtazilizm va Xuzoiyning muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishi thumb|right|upright=1.25|alt=Map of the Middle East with brief descriptions of events associated with the mihna|Moʻtazila mihnasi va u bilan bogʻliq voqealar xaritasi.
Vosiq otasi kabi ashaddiy moʻtazila tarafdori boʻlgan. Manbalarda xalifa bosh qozi Ibn Abu Duvodning kuchli taʼsirida boʻlgani aytilgan. Shuningdek, otasi kabi Aliylar bilan yaxshi munosabatda boʻlgan. Vosiq xalifaligining uchinchi yilida inkvizitsiyani (mihna) qayta jonlantirib, amaldorlarni Qurʼonning yaratilgani haqidagi bahsli mavzu boʻyicha soʻroq qilish uchun huquqshunoslarni jalb qilgan. Vosiq moʻtaziliylarning Qurʼon ilohiy emas, balki yaratilgani haqidagi qarashlarini qoʻllab-quvvatladi. Shuning uchun oʻzgaruvchan sharoitlarga koʻra talqin qilish Xudo tomonidan boshqariladigan imom (yaʼni xalifa) vakolatini qabul qildi. Hatto 845-yilda Vizantiya imperiyasi bilan boʻlib oʻtgan mahbuslar almashinuvi paytida ham, ozod qilingan musulmon mahbuslarning mavzu boʻyicha fikrlari soʻralgan, qoniqarsiz javob berganlar esa asirlikda qoldirilgan. Shu tariqa moʻtazila taʼlimotiga qarshi chiqqan hanbaliy fiqh mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal oʻz taʼlimotini toʻxtatishga majbur boʻlib, faqat Vosiq vafotidan soʻnggina faoliyatini qayta boshlagan.