Navfal ibn Xuvaylid ibn Asad – Islom paygʻambari Muhammad bilan muloqot qilgan musulmon boʻlmagan shaxlar biri.

Biografiyasi Navfal ibn Xuvaylid ib Asadning otasi Xuvaylid ibn Asad Xadicha bint Xuvaylidning ota tomonidan akasi edi. Onasi „Al-Adaviyya“ nomi bilan mashhur boʻlgan Xuzaa qabilasining Adiy urugʻidan boʻlganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah; translated by Alfred Guillaume (1955). The Life of Muhammad, p. 337. London: Oxford University Press..

Navfal ibn Xuvaylid Qurayshning asosiy kishilaridan biri ediGuillaume/Ishaq p. 337.. U „Quraysh arsloni“ laqabi bilan tanilgan boʻlib, jismoniy quvvati va jasurligi bilan qabila aʼzolari orasida juda mashhur boʻlganHow Noble Men Were Persecuted.

Navfal ibn Xuvaylidning oʻgʻli al-Asvad islomni erta qabul qilib, 616-yilda Habashistonga hijratga joʻnayotganlar safiga qoʻshilganGuillaume/Ishaq p. 147.. Biroq Navfal ibn Xuvaylidning oʻzi Muhammadga qarshi chiqadi va bu qilmishi bilan „Quraysh shaytoni“ nomi bilan taniladiGuillaume/Ishaq pp. 127-128.. Navfal ibn Xuvaylid bir paytlar Abu Bakr Siddiq va Talha ibn Ubaydullohni bir-biriga arqon bilan bogʻlab qoʻyganligiGuillaume/Ishaq pp. 127-128, 337.MSA West Compendium of Muslim Texts sababli ham bu ikkisi „al-Qarineyn“ – „ikkisi bir-biriga bogʻlangan“ degan nom olgan ediHow Noble Men Were Persecuted.

Oʻlimi Ayrim manbalarda 624-yili Badr jangida Navfal ibn Xuvaylid Muhammadning kuyovi Ali tomonidan oʻldirilgan deyilsaGuillaume/Ishaq p. 337., boshqa bir rivoyatga koʻra, u jangda oʻz jiyani Zubayr ibn Avvom tomonidan oʻldirilganligi aytiladi.

Manbalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:624-yilda vafot etganlar Turkum:572-yilda tugʻilganlar Turkum:Badr jangida vafot etganlar Turkum:Muhammadning muxoliflari