Samarra — markaziy Iroqdagi shahar boʻlib, 836—892-yillarda Abbosiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Xalifa Muʼtasim tomonidan asos solingan Samarra qisqa vaqt ichida Dajlaning sharqiy qirgʻogʻi boʻylab oʻnlab kilometrlarga choʻzilgan yirik metropoliyaga aylangan. 9-asr ikkinchi yarmida, ayniqsa xalifalar Bagʻdodga qaytishi ortidan qarovsiz qoldirilgan.
Nisbatan qisqa muddat foydalanilgani tufayli Abbosiylar Samarrasining koʻplab xarobalari hozirga qadar saqlanib qolgan. Shahar rejasini hali ham aerofotosuratlar orqali koʻrish mumkin. Bunda aniq rejalashtirilgan koʻchalar, uylar, saroylar va masjidlarning keng tarmogʻi koʻzga tashlanadi. Arxeologik dalillarni musulmon tarixchilari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslagan tadqiqotlar natijasida sobiq shahardagi koʻplab toponimlar aniqlangan.
Samarra arxeologik yodgorligi 2007-yilda YuNESKO tomonidan Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va „qadimiy yirik shaharning eng yaxshi saqlanib qolgan rejasi“ deb atalgan. Xuddi shu nomdagi zamonaviy shahar Abbosiylar xarobalari ichida ham joylashgan.
Etimologiya thumb|861—862-yillarda Surra Man Raaʼada zarb etilgan Muntasir dirhami
Samarra toponimi islomdan oldingi davrda ham mavjud boʻlgani maʼlum. Klassik mualliflar bu nomni turli shakllarda, jumladan, yunoncha Suma (), lotincha Sumere va suryoniycha Šumara nomlarida tilga olganlar.
Abbosiylar shahrining rasmiy nomi Surra Man Raʼa () bo‘lib, „ko‘rgan kishi quvonadi“ degan ma’noni anglatadi. Bu nom tangalarda yozilgan va baʼzi oʻrta asr yozuvchilari tomonidan ham yozib qoldirilgan. Boshqa zamonaviy manbalarda esa islomdan oldingi nom varianti sifatida Sāmarrā (سَامَرَّا) yoki Sāmarraʼ (سَامَرَّاء) ishlatilgan va oxirgi shakl oxir-oqibat standart nomga aylangan.
Abbosiylar shahri tarixi
Asos solinishi
Samarraga sakkizinchi Abbosiy xalifa Muʼtasim () davrida 836-yil asos solingan. Muʼtasimning bunday qarorga kelishiga yangi tashkil etilgan turkiy va boshqa armiya guruhlari uchun uy-joy qurish uchun joy topish zarurati sabab boʻlgan. Ilgari islom olamida faqat marginal rol oʻynagan guruhlardan tashkil topgan bu qoʻshinlar Bagʻdod aholisi orasida obroʻga ega emas edi. Shu sababli ham askarlar va Bagʻdodliklar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar sodir boʻlgan. Shuning uchun Muʼtasim -yilda 762-yildan beri Abbosiy xalifalarining doimiy qarorgohi boʻlgan Bagʻdodni tark etibMuʼtasimning Bagʻdoddan koʻchishi bejizga emas edi. Horun ar-Rashid () ham Raqqaga koʻchib oʻtib, u yerda „ar-Rafiqa“ nomli yangi maʼmuriy majmua tashkil qilgan edi(), oʻzi tanlagan joyda yangi poytaxt yaratishga qaror qildi.
Muʼtasim bir muncha vaqt ideal joy izlagandan soʻng, Bagʻdoddan taxminan shimolda, Dajlaning sharqiy tomonida, Nahravon kanalining yuqori oqimiga yaqin joyda joylashgan hududni tanlagan. Mahalliy mulklar, shu jumladan nasroniy monastirini sotib olish uchun odamlar yuborgandan soʻng, xalifa oʻz muhandislari bilan rivojlanish uchun eng mos joylarni oʻrganib chiqdi. 836-yilga kelib bu yerda binolar qad rostlab, Muʼtasim yangi shaharga koʻchib oʻtgan.
Samarrada boshidanoq katta miqyosda qurilish olib borildi. Hudud kosmopolitan obyekt boʻlmay, yer koʻp va arzon, shu bilan birga shaharni kengaytirishga toʻsqinlik qiladigan eski qaholi manzilgohlari ham mavjud emas edi. Muʼtasim yangi shahardagi turli yerlarni belgilab, bu joylarni qoʻshin va boshqaruv elitalariga ularning rivojlanishi uchun boʻlib bergan. Armiya boʻlinmalari uchun koʻplab kantonlar tashkil etilgan boʻlib, ular koʻp hollarda umumiy aholi turar joylaridan ataylab ajratilgan. Xalifa va boshqa taniqli shaxslar uchun bir qancha saroylar bilan birga xalq uchun bozorlar, masjidlar va hammomlar qurilgan. Qurilishga yordam berish uchun musulmon dunyosining turli burchaklaridan materiallar va ishchilar yuborilgan. Qurilishda temirchilar, duradgorlar, marmar haykaltaroshlar va hunarmandlar yordam bergan.
Yangi poytaxtni barpo etish yangi rejim oʻrnatilishi toʻgʻrisidagi ommaviy bayonot boʻlib, hukumatga „Bagʻdod aholisidan uzoqda, yangi shakllantirilgan qoʻriqchilar qoʻshini tomonidan himoyalangan joyda va yangi qirollik madaniyati sharoitida hamda keng saroy maydonlari, jamoat tomoshaxonalari bilan birgalikda tinimsiz izlanishda boʻlish imkonini berdi“ (T. El-Hibri). Yangi poytaxtning qurilishi Oleg Grabar tomonidan Louis XIVdan keyin Parij va Versal oʻrtasidagi munosabatlarga qiyoslangan. Bundan tashqari, Muʼtasim ilgari aholi boʻlmagan hududda yangi shahar yaratish orqali oʻziga ergashgan manfaatli guruhlarni Bagʻdoddan farqli oʻlaroq, hech qanday xarajat va cheklovlarsiz yer hamda savdo imkoniyatlari bilan mukofotlashi mumkin edi. Darhaqiqat, yer sotish xazinaga katta foyda keltirgan koʻrinadi. Xyu Kennedi yozganidek, bu „hukumat va uning izdoshlari foyda olishi mumkin boʻlgan ulkan mulk spekulyatsiyasi“ edi.
Muʼtasimning vorislari davrida
Mu'tasim vafotidan keyin xalifalik qila boshlagan vorisi Vosiq () oʻz hukmronligini Samarrada amalga oshirgan. Yangi xalifaning qarori aholini yangi shahar doimiyligi va Vosiq hukmronligi davrida boshlangan qurilishning yangi bosqichiga ishontirdi. Vosiqning oʻzi Dajla qirgʻogʻida Horuniy (Vosiqning asl ismi Horun) saroyini qurdirib, oʻzining yangi qarorgohiga aylantirdi.
Mutavakkil () jadallik bilan yangi qurilish ishlarini olib bordi. Uning davrida markaziy shahar sharqqa tomon choʻzildi. Samarra Katta masjidi, Balkuvara kantoniyasi va koʻplab saroylar qurdirdi. 858-yilda Damashqqa koʻchib oʻtgach, xalifa Iroqqa qaytib kelib, oʻzining eng ulugʻvor loyihasi — Samarra shimolidagi yangi Mutavakkiliya shahri qurilishini amalga oshirdi. Yangi hududda Jaʼfariy (Jaʼfar xalifaning asl ismi) saroyini qurib, 860-yilda shu saroyga koʻchib kelgan. Biroq xalifa keyingi yili oʻldirilgach, koʻp oʻtmay Mutavakkiliyya tark etildi; ; Ushbu manbalarda Mutavakkil oʻzining turli loyihalariga sarflagan mablagʻlari juda katta boʻlgani va xalifa oʻlimidan keyin ham oʻn yil davomida hukumat tez-tez moliyaviy inqirozlarga duch kelgani taʼkidlangan..
Mutavakkilning oʻldirilishidan keyingi oʻn yil notinch davr boʻlib, Samarradagi anarxiya deb ham ataladi. Bu davrda poytaxtda tez-tez saroy toʻntarishlari va qoʻshinlarning tartibsizliklari kuzatilgan. Mutavakkilning oʻgʻli Muntasir () Jaʼfariydan Javsaq saroyiga koʻchib oʻtgan. Bu saroy Muntasir vorislarining qarorgohi boʻlib qolgan. Mustain () Samarra harbiy boʻlinmalarini nazorat qilish iloji yoʻqligini anglab, shaharni tark etdi. 865-yilda Bagʻdodda yakka hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻldi. Turklar va boshqa qoʻshinlar bunga javoban xalifa agʻdarilganini eʼlon qilib, toki taxtdan voz kechishga rozi boʻlgunga qadar Bagʻdodni qamal holatida ushlab turishdi. Uning ikki vorisi Muʼtazz () va Muhtadiy () ham xuddi shu tarzda armiya tomonidan agʻdarildi.
Muʼtamid () Samarrada hozirgacha maʼlum soʻnggi qurilish loyihalarini amalga oshirgan, ammo hukmronligining oxirgi davrlarida shaharda kamroq vaqt oʻtkazganga oʻxshaydi. Muʼtamidning oʻlimidan soʻng Mutazid () rasman Bagʻdodga qaytib keldi va shu tariqa Samarradagi hukmronlikka chek qoʻyildi. Muktafiy () Samarraga qaytib, Javsaq saroyida qarorgoh qurish haqida oʻylagan, ammo oxir-oqibat maslahatchilari rejaning katta xarajatlari haqida aytganidan soʻng, fikridan qaytgan.
Xalifa Bagʻdodga qaytgach, shahar aholisi ham shaharda qolishga ragʻbat bildirmadi. Buning asosiy sabablari suv taʼminoti muammoli ekani hamda shaharda hayot boshqa joylardan keladigan taʼminotga bogʻliq boʻlib qolgani edi. Xalifalar shahar uchun katta miqdorda pul tikishar ekan, u yashashda davom etgan. Xalifalar Bagʻdodga qaytishi bilan sarmoya ham tugadi va tez orada shaharning katta qismini aholi tark etdi. Keyingi asrlarda xarobalar ichida bir necha alohida aholi punktlari saqlanib qolgan. Biroq aholi tez orada shaharning katta qismini tashlab, chiqib ketishgan.
Shaharning umumiy koʻrinishi thumb|right|200px|Abbosiylar Samarrasining xaritasi
Samarraning maʼlum qoldiqlari, asosan, Dajlaning sharqiy tomonida, taxminan maydonni egallagan. Hududda roʻyxatga olingan 6314 ta binodan (1991-yil holatiga) faqat toʻqqiztasi hali ham sifatini yoʻqotmagan holatda saqlangan. Vayronalarning katta qismi binolarning koʻmilib ketgan tepaliklari va tarqoq vayronalardan iborat. Tuproq ostidagi qoldiqlar asosan sezilarli darajada emas. Kosmosdan qaraganda Abbosiylar shahrining toʻliq rejasi, binolari va koʻcha tuzilishi aniq koʻrinadi.
Markaziy Samarra
Shaharning asosiy hududi Muʼtasim hukmronligi davrida qurilgan boʻlib, keyingi rivojlanishlar Votiq va Mutavakkil davrida amalga oshirilgan.
Hududning koʻcha qurilishi tartibida shimoldan janubga va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon choʻzilgan bir qator uzun, keng xiyobonlar ustunlik qilgan. Bu xiyobonlarni musulmon tarixchisi va geografi Yaʼqubiy batafsil tasvirlab bergan. Muallif har bir koʻcha boʻylab joylashgan turli binolar va uchastkalarni sanab oʻtgan. Xiyobonlar orasida koʻplab kichik koʻchalar, turar-joy binolari va bir nechta yirik binolar mavjud boʻlgan.
Shaharning bu qismida tinch aholi va harbiy xizmatchilar yashagan. Baʼzi hollarda qoʻshinlarning turar joylari boshqa aholidan aniq ajratilgan. Turklar, faragʻinlar, ushrusoniylar, magʻaribalar, ishtaxoniylar, jundlar, shokiriylar, arablar va xurosoniylar kabi koʻplab qoʻshin qoʻmondonlariga oʻz boʻlinmalari bilan birga yerlar ajratilgan. Bir qancha amaldorlar, Abbosiy shahzodalari va boshqa shaxslarning ham xiyobonlar boʻylab yerlari boʻlgan.
Bu hududda turar-joylardan tashqari yana bir qancha binolar, jumladan, davlat va shaxsiy otxonalar, Yer soligʻi idorasi (devon al-xaraj) va katta qamoqxona joylashgan edi. Muʼtasim tomonidan belgilab qoʻyilganidek, bozorlar keng qatorlarga ega boʻlib, har bir turdagi tovarlar alohida qismlarda sotilar edi. Bozorlar yaqinida qoʻzgʻolonchi Bobak Xurramdin osilgan dor joylashgan edi (xashabat Bobak) va bozorlar qatl qilinganlarni tomosha qilish joyi vazifasini ham bajargan. Dajla boʻyida Mosul va boshqa shaharlardan oziq-ovqat keltiriladigan koʻp sonli pristanlar boʻlgan.
Muʼtasim qurdirgan masjid tez orada shahar aholisi uchun kichiklik qilgan. Shu sababli masjid Mutavakkil tomonidan buzib tashlangan va oʻrniga Hayr yaqinidagi Samarra Katta masjidi qurilgan. Oʻsha paytda dunyodagi eng katta boʻlgan mazkur masjidning oʻlchami boʻlib, namoz zalida 17 ta yoʻlak bor edi. Ibodat qiluvchilarni joylashtirish uchun devor ortida oʻlchamdagi qoʻshimcha yopiq portiklar mavjud edi. Malviya nomi bilan ham tanilgan spiral minora balandligi boʻlib, hozirda ham masjidning orqa tomonida turibdi.
Al-Matira
Al-Matira markaziy Samarra janubida joylashgan kanton. U shaharning dastlabki qurilgan oʻrnidan ikki farsah (12 km) janubda, avvaldan mavjud boʻlgan qishloq oʻrnida qurilgan.
Muʼtasim Al-Matirani dastlab osrushanalik lashkarboshisi al-Afshin, Ushrusoniylar va uning xizmatida boʻlgan boshqalar oʻrtasida taqsimlab bergan. Al-Afshin oʻzi uchun qarorgoh hamda xalifaning buyrugʻiga koʻra kichik bozor, masjid va hammomlar qurdirdi. 841-yilda Afshin qatl etilgandan so‘ng Vosiq al-Matirani turk sarkardasi Vosifga bergan. Mutavakkil davrida xalifaning o‘g‘li Muayyad shu qishloqda yashagan.
Al-Matirada xalifalar Samarrani tark etganidan keyin ham aholi yashashda davom etgan. Hudud kamida 13-asrgacha aholi manzilgohi boʻlgan.
Dar al-Xalifa
Markaziy Samarraning shimoliy qismida Xalifa saroyi (dar al-xalifa) joylashgan. Bu joy Muʼtasim, Muntasir, Mustaʼin, Muʼtazz, Muhtadiy va Muʼtamidlar davrida hukumatning rasmiy qarorgohi boʻlgan.
Saroy majmuasi ikkita asosiy binodan iborat boʻlgan. Kattarogʻi Dar al-Omma (jamoat saroyi) boʻlib, u yerda xalifa saroy aʼyonlari bilan oʻtirar va rasmiy ishlarni olib borardi. Shuningdek, davlat xazinasi (baytulmol) ham joylashgan. Saroyning gʻarbiy qismida Bob al-Omma (Jamoat darvozasi) joylashgan boʻlib, uning uch ayvoni haligacha saqlanib qolgan. Bob al-Omma koʻpincha ommaviy qatl qilish va oʻldirilganlarning jasadlarini namoyish qilish joyi vazifasini bajargan.