Samarqand okrugi – 1926—1930-yillarda SSSR tarkibidagi ittifoq respublika – Oʻzbekiston SSR tarkibidagi oʻnta okrugdan biri. 1926—1930-yillarda Samarqand viloyati ham mavjud boʻlgan. Okrugning maʼmuriy markazi va yirik shahri Samarqand boʻlgan, Samarqand 1925—1930-yillarda OʻzSSRning poytaxti vazifasini ham bajargan. 1930-yilda Respublika poytaxti Toshkentga koʻchiriladi.
Tarixi 1925-yilda, Oʻzbekiston SSR tashkil topganidan keyin qisqa vaqt oʻtgach, respublika maʼmuriy-hududiy tuzilish boʻyicha viloyatlarga boʻlinishi joriy etildi. Viloyatlar okruglarga, ular oʻz navbatida boʻlislarga (volost) boʻlingan. Ammo oradan bir yil oʻtmay, 1926-yilda viloyat tuzilmasi tugatilib, respublika okruglarga, ular oʻz navbatida tumanlarga boʻlindi. 1930-yil OʻzSSRda maʼmuriy-hududiy islohot oʻtkazilib, okruglar tugatildi, ular tarkibidagi tumanlar toʻgʻridan-toʻgʻri respublika boshqaruviga oʻtkazildi. Natijada mamlakat 71 tuman va bu tumanlarga boʻysunuvchi 1494 qishloq sovetlariga boʻlindi. Shuningdek, mamlakatda respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar va ular tarkibida 204 ta qishloq sovetlari bor edi.
Samarqand okrugi shimolda RSFSR tarkibidagi Qozogʻiston ASSR, shimoli-sharqda Toshkent okrugi, janubda Qashqadaryo okrugi, gʻarbda Zarafshon okrugi, sharqda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Tojikiston ASSR bilan chegaradosh boʻlgan.
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Okrug oʻnta tumanga boʻlingan:
Tuman Maʼmuriy markazi Oqdaryo Loyish Bulungʻur Bulungʻur Jizzax Jizzax Zomin Zomin Mitan Mitan Payariq Payariq Past Dargʻom Juma Urgut Urgut Yuqori Dargʻom Aniq maʼlumot mavjud emas Yangiqoʻrgʻon Aniq maʼlumot mavjud emas
Geografiyasi Okrugning asosiy qismi Zarafshon vodiysi hududida joylashgan. Hududidan Oʻrta Osiyoning uchinchi eng yirik daryosi – Zarafshon oqib oʻtgan, shimoldan janubga Turkiston va Zarafshon tizmalari oʻrab turgan.
Aholisi 1926-yilgi Butunittifoq aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Samarqand okrugi aholisi 526 000 kishini tashkil qilgan. Milliy tarkibiga koʻra, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, shuningdek, ruslar, Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo eroniylari, Markaziy Osiyo arablaridan iboratDemoskop Weekly. Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926.
Adabiyotlar Administrativnoe delenie Soyuza SSR. M., 1929.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston SSR okruglari