Shuhrat Qayumov (1969-yil 5-mart, Oʻsh, Qirgʻiziston – 2020-yil 22-sentyabr, Toshkent) — taniqli suxandon, qoʻshiqchi hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Shuhrat Qayumov uzoq yillar mobaynida „Assalom Oʻzbekiston“ va „Ohangrabo“ kabi koʻrsatuvlarni tayyorlab, unda boshlovchilik qilgan. Xonanda sifatida „Gʻanimatim onajon“, „Siz oʻshamu?“, „Aytsam tilim, aytmasam dilim“ kabi mashhur qoʻshiqlarni kuylagan. U, shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni sohibi hamdir.

Hayoti va faoliyati Shuhrat Qayumov 1969-yil 5-mart kuni Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida tugʻilgan. Oʻsh shahridagi maktabni tamomlagach, oʻqish maqsadida Toshkentga kelgan. 1991-yil Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining dramma teatrligi va kino aktyorligi fakultetini tamomlagan. Shuhrat Qayumov oʻz faoliyatini 1989-yil Navroʻz milliy etnografik teatrida boshlagan. 1990-yildan „Oʻzbekiston“ telekanalidagi uzoq yillik suxandonlik faoliyati boshlandi. Qayumovning xonandalik faoliyati 1993-yilda boshlangan boʻlib, shu yili ustozlarining tavsiyasi bilan „Anor“ nomli televezion qoʻshiqlar koʻrik-tanlovida ishtirok etdi. 1995–1997-yillarda boʻlib oʻtgan boshqa tanlovlarda ham ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan oʻrin egallagan. Qoʻshiqchilik faoliyati davomida Qayumov 20 yaqin albom chiqardi. Sanʼat va madaniyat sohasida koʻrsatgan uzoq yillik xizmatlari uchun 2004-yili Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. Sogʻligʻi yomonlashuvidan avval „40 mumtoz tarona“ nomli albom ustida ishlagan. Ammo, ahvoli ogʻirlashgani tufayli bu ishni yakuniga yetkaza olmagan. Xonanda albom uchun qoʻshiqlarni 30 ga yaqin studiyada kuylagan.

Vafoti Shuhrat Qayumov 2020-yil 22-sentyabr kuni vafot etdi. Dastlab xonandaning vafot etish sababi hech qaysi manbada oshkor qilinmadi. Xonanda Mohira Asadova oʻz Facebook sahifasi orqali Shuhrat Qayumovning oʻlimiga nima sabab boʻlganini quyidagicha ochiqlagan:

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Oʻshda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar