Nabi Hobil masjidi (; ) yoki „Hobil paygʻambar masjidi“ – Suriyada Levantdagi Barada daryosi (Vadi Barada) qishloqlariga qarashli, Damashqning gʻarbiy togʻlarida, Zabadani vodiysi yaqinida joylashgan Hobilga bagʻishlab bunyod etilgan ziyoratgoh.

Tavsifi thumb|200x200px| Masjid ichidagi Hobil qabri|left Bu masjidda Odam Atoning oʻgʻli Hobil (arabcha: Habil) qabri bor, deb ishoniladi, musulmonlar esa bu masjidga tez-tez tashrif buyurib turadilar. Masjid 1599-yilda Usmonli Vali Ahmad Posho tomonidan qurilgan boʻlib, 40 ta mehrobga ega ekanligi aytib oʻtiladi. Hikoyada aytilishicha, Hobil akasi Qobil (arabcha: Qobil) tomonidan oʻldirilgan, bu insoniyatning birinchi qotilligi sifatida baholanadi.

Masjidning ichki qismi lik Qur’on oyatlari bitilgan yashil ipak gobelen bilan qoplangan uzun sarkofag mavjud, ayrim mahalliy aholi vakillari buni dunyo yaratuvchilari, jumladan Hobilning kattaligiga mos deb hisoblashadi. Masjid, shuningdek, darziylar tomonidan marosim oʻtkazilinadigan maskan hisoblaniladi.

Yana qarang

Islomdagi eng muqaddas joylar Islomdagi eng muqaddas joylar (shia) Al-Nabi Shayth, Livan Baab Saghir Sayyida Ruqayya masjidi Sayyida Zaynab masjidi

Manbalar

Turkum:Damashqdagi masjidlar Turkum:Qobil va Hobil Turkum:Suriyadagi maqbaralar Turkum:16-asr masjidlari Turkum:Gumbazli masjidlar