Sayyida Ruqayya masjidi () Suriyaning Damashq shahrida joylashgan boʻlib, unda Husayn ibn Alining kichik qizi „Ruqayya“ nomi bilan ham tanilgan Sukaynaning qabri joylashgan.
Tavsifi Shia islomiy rivoyatlarida aytilishicha, Karbalo jangi va undan keyin Damashqda boʻlgan mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Sukayna toʻrt yoshida Yazid qamoqxonasida vafot etgan va usha yerga dafn etilgan. Biroq, yillar oʻtib, qabrini suv bosganidan soʻng, uning qabri qayta ochilgan va jasad hozirgi masjid turgan joyga koʻchirilgan. Masjid 1985-yilda maqbara yaqinida qurilgan boʻlib, Eron meʼmorchiligining zamonaviy koʻrinishini oʻzda namoyish etadi, masjid qurilishida koʻp miqdorda oynadan foydalanish va tilla suvi yugurtirilishi ayni buning isbotidir. Ziyoratgohga tutashgan masjid maydoni, oldida kichik hovli bor. Bu masjid Umaviylar masjidi va Damashq markazidagi al-Hamidiya maydonidan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Husayn ibn Alining qizlari Islomidagi eng muqaddas joylar (shia) Bob As-Sagʻir Sayyida Zaynab masjidi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Suriyadagi maqbaralar Turkum:Shia ziyoratgohlari Turkum:Muhammad oilasi Turkum:Suriya arxitekturasi Turkum:Damashqdagi masjidlar Turkum:Suriyadagi shia masjidlari