Yeghishe Charents (; 1897-yil 13-mart — 1937-yil 27-noyabr) — arman shoiri, yozuvchisi va jamoat arbobi. Charentsning adabiy mavzusi oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda Birinchi jahon urushi, rus inqilobi va asosan Armaniston va armanlar haqida boʻlgan Aghababyan, S. «Չարենց, Եղիշե Աբգարի» (Charents, Yeghishe Abgari). Soviet Armenian Encyclopedia. vol. viii. Yerevan, Armenian SSR: Armenian Academy of Sciences, 1982, pp. 670-672.. U Armanistonda „XX asrning buyuk shoiri“ deb e'tirof etilgan.
Kommunizm va SSSRning tarafdorlaridan biri boʻlgan Charents bolsheviklar partiyasiga qoʻshiladi. Ayniqsa u Leninning yangi iqtisodiy siyosati davrida Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasining faol tarafdoriga aylanadi. Biroq keyinchalik Iosif Stalin boshchiligidagi Sovet ittifoqining boshqaruvidan hafsalasi pir boʻladi. Charents futurizm gʻoyasini ilgari surgan. U 1930-yildagi Katta tozalash davrida Ichki ishlar xalq komissarligi tomonidan hibsga olingan va 1937-yilda oʻldirilgan. Keyinchalik Stalinning oʻlimidan soʻng, 1954-yil Anastas Mikoyan uni oqlagan. 1955-yilda Xrushchyov erishi davrida Sovet davlati tomonidan rasman reabilitatsiya qilingan. Biografiyasi Yoshligi
Yeghishe Charents 1897-yilda Kars viloyatida (ilgari Sharqiy Armaniston, keyinchalik Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan) gilam savdosi bilan shugʻullanuvchi Yeghishe Abgari Soghomonyan oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi hozirgi Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon ustoniga qarashli Maku shaharchasida yashab kelgan arman urugʻidan boʻlgan. Charents dastlab arman boshlangʻich maktabida, keyinchalik 1908 — 1912-yillarda Karsdagi rus texnik oʻrta maktabida taʼlim olgan Aghababyan, S. «Չարենց, Եղիշե Աբգարի» (Charents, Yeghishe Abgari). Soviet Armenian Encyclopedia. vol. viii. Yerevan, Armenian SSR: Armenian Academy of Sciences, 1982, pp. 670-672.. U asosiy vaqtini oʻqishga sarflagan. 1912-yilda shoirning ilk sheʼri armanlarning Patani (Tiflis) davriy nashrida chop etilgan. 1915-yilda Birinchi jahon urushidagi qoʻzgʻalishlar va Usmonlilar imperiyasidagi Arman genotsidi paytida u oʻz ixtiyori bilan Kavkaz frontida otryadda jang qilgan.
Manbalar