Jahon banki guruhi (WBG) rivojlanayotgan mamlakatlarga leveraj kreditlarini beradigan beshta xalqaro tashkilotning umumiy oilasidir. U dunyodagi eng yirik hamda eng mashhur taraqqiyot banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish guruhida kuzatuvchi hisoblanadi. Bankning bosh qarorgohi AQShning Vashington shahrida joylashgan. U 2021-moliya yilida „rivojlanayotgan“ va rivojlanish bosqichiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarga qariyb 98,83 milliard dollarlik kredit hamda yordam koʻrsatdi. Bankning vazifasi oʻta qashshoqlikka barham berish va umumiy farovonlikni taʼminlash boʻyicha mushtarak maqsadlarga erishishdirThe World Bank, Press release: „World Bank Group Commitments Rise Sharply in FY14 Amid Organizational Change“, July 1 2014, http://www.worldbank.org/en/news/press-release/2014/07/01/world-bank-group-commitments-rise-sharply-in-fy14-amid-organizational-change . 2015-yil holatiga koʻra, soʻnggi 10 yil davomida bank tomonidan „Rivojlanish siyosatini“ moliyalashtirishga qaratilgan umumiy kreditlash miqdori taxminan 117 milliard dollarni tashkil etdi. Uning ichiga beshta tashkilot Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (IBRD), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Koʻp tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA) va Investitsiya nizolarini hal qilish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID) kiradi. Ulardan birinchi ikkitasi (IBRD va IDA) baʼzan birgalikda Jahon banki deb ataladi.

Jahon bankining (IBRD va IDA) faoliyati rivojlanayotgan mamlakatlardagi inson rivojlanishi (masalan, taʼlim, sogʻliqni saqlash), qishloq xoʻjaligi va qishloqlarni rivojlantirish (masalan, irrigatsiya va qishloq xizmatlari), atrof-muhitni muhofaza qilish (masalan, ifloslanishni kamaytirish, qoidalar ishlab chiqish va qoʻllash), infratuzilma (masalan, yoʻllar, shaharni qayta tiklash va elektr energiyasi), yirik sanoat qurilish loyihalari va boshqaruv (masalan, korrupsiyaga qarshi kurash, huquqiy institutlarni rivojlantirish) kabi sohalarga qaratilgan. IBRD va IDA Jahon bankiga aʼzo mamlakatlarga imtiyozli stavkalarda kreditlar, shuningdek, eng kambagʻal mamlakatlarga grantlar beradi. Muayyan loyihalar uchun kreditlar va grantlar koʻpincha sektor yoki mamlakatning umumiy iqtisodiyotidagi olib borilayotgan kattaroq siyosat oʻzgarishlari bilan bogʻliq holda ajratiladi. Masalan, qirgʻoq atrof-muhitini boshqarishni yaxshilash uchun ajratiladigan kredit milliy hamda mahalliy darajada yangi ekologik institutlarni rivojlantirishga va ifloslanishni cheklash uchun yangi meʼyorlarning joriy etilishi bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Tarixi

Tashkil etilishi Jahon banki guruhi rasman 1946-yil 27-dekabrda Brettonvuds bitimining xalqaro ratifikatsiyasidan soʻng tashkil topdi. Bu bitim Birlashgan Millatlar Tashkilotining Pul-kredit va moliya konferensiyasi (1944-yil 1–22-iyul) natijasida yuzaga kelgan edi. Shuningdek, u 1951-yilda Jahon taraqqiyoti hisobotini tayyorlash va baholash uchun masʼul boʻlgan Osiander qoʻmitasining yaratilishiga ham asos boʻlgan. 1946-yil 25-iyunda oʻz faoliyatini boshlagan holda, Jahon banki guruhi 1947-yil 9-mayda birinchi kreditini berganini tasdiqladi (urushdan keyingi rekonstruksiya uchun Fransiyaga 250 million dollar ajratgan, bu real koʻrinishda bank bugungi kungacha bergan eng yirik kredit hisoblanadi).

Aʼzolik right|thumb|Jahon banki guruhi: BMTning 188 ta aʼzosi va Jahon banki guruhi aʼzosi boʻlgan Kosovo eng kamida IBRDga aʼzo mamlakat boʻlishi kerak. 2016-yil may holatiga koʻra, ularning barchasi boshqa toʻrtta tashkilotda ham (IDA, IFC, MIGA va ICSID) ishtirokka ega.

Ishtirok etadigan tashkilotlari soni boʻyicha WBG aʼzolari:

Faqat IBRDda: Yoʻq IBRD va boshqa tashkilot: San Marino, Nauru, Tuvalu, Bruney IBRD va boshqa ikkita tashkilot: Antigua va Barbuda, Surinam, Venesuela, Namibiya, Marshall orollari, Kiribati IBRD va boshqa uchta tashkilot: Hindiston, Meksika, Beliz, Yamayka, Dominikan Respublikasi, Braziliya, Boliviya, Urugvay, Ekvador, Dominika, Sent Vinsent va Grenadin orollari, Gvineya-Bisau, Ekvatorial Gvineya, Angola, Janubiy Afrika, Seyshel orollari, Liviya, Somali, Efiopiya, Eritreya, Jibuti, Bahrayn, Qatar, Eron, Malta, Bolgariya, Polsha, Rossiya, Belarusiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Tailand, Laos, Vyetnam, Palau, Tonga, Vanuatu, Maldiv orollari, Butan, Myanma Jahon bankining barcha beshta tashkiloti: WBGning qolgan 138 ta aʼzosi

Jahon banki guruhiga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar Andorra, Kuba, Lixtenshteyn, Monako, Falastin, Vatikan shahri, Tayvan va Shimoliy Koreya boʻlib, ulardan Andorra IMFga aʼzo boʻlgan lekin WBGga qoʻshilmagan yagona davlatdir.

Xitoy Respublikasi Jahon bankiga 1945-yil 27-dekabrda aʼzo boʻldi. Xitoy fuqarolar urushidan soʻng, hukumat Tayvanga qochib ketdi va 1980-yil 16-aprelgacha Xitoy Xalq Respublikasi ROC oʻrnini egallagunga qadar WBGga aʼzoligini davom ettirdi. Oʻshandan beri u „Tayvan, Xitoy“ nomini ishlatadi.

Aʼzolar roʻyxatidan quyidagi de-fakto davlatlar chiqarib tashlangan: Abxaziya, Artsax, Shimoliy Kipr, Sahroi Arab Demokratik Respublikasi, Somalilend, Janubiy Osetiya va Dnestrboʻyi.

Tashkiliy tuzilmasi thumb| Vashingtondagi Jahon banki guruhi binosi thumb| Binodagi Jahon banki guruhi yozuvi IBRD 1957-yildan 1988-yilgacha tuzilgan toʻrtta filiali bilan birgalikda Jahon banki guruhining bir qismini tashkil etadi. Guruhning shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. Bu xalqaro tashkilot unga aʼzo hukumatlarga tegishli va mamlakatlarga foyda keltirsa-da, oingan daromadlar qashshoqlikni qisqartirish boʻyicha davomli saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilib kelinadiFAQ-About The World Bank, Worldbank.org..

Texnik jihatdan Jahon banki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining bir qismidirThe United Nations system: Principal Organs , Colorado.edu., lekin uning boshqaruv tuzilmasi boshqacha: Jahon banki guruhidagi har bir muassasaga uning aʼzo davlatlari tomonidan egalik qilinadi, bu davlatlar muassasaning asosiy aksiyadorlik kapitaliga obuna boʻlishadi va ovozlar aksiyalarga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Aʼzolik barcha mamlakatlar uchun bir xil boʻlgan maʼlum ovoz berish huquqlarini beradi, ammo mamlakatlar tashkilotga qoʻshgan moliyaviy hissalariga bogʻliq holda qoʻshimcha ovozlarga ham ega boʻlishi mumkin. Jahon banki prezidenti Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti tomonidan taklif etiladi va bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan saylanadi. 2009-yil 15-noyabr holatiga koʻra, Qoʻshma Shtatlar umumiy ovozlarning 16,4%, Yaponiya 7,9%, Germaniya 4,5%, Buyuk Britaniya 4,3% va Fransiya 4,3% qismiga egalik qiladi. AQSH bankning boshqaruv tizimidagi har qanday muhim oʻzgarishlarni toʻxtatib qoʻyish imkoniyatiga egaUS Blocks Stronger African Voice At World Bank Retrieved 7 August 2007.. AQSh bankka rasmiy va norasmiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ovozlar ulushi, prezidentlik ustidan nazorat va bankning Vashingtonda joylashgan shtab-kvartirasi sababli AQSh doʻstlari hamda ittifoqchilariga nisbatan yumshoqroq shartlar bilan koʻproq loyihalar uchun yordam bera oladiClark Richard and Lindsay Dolan. .

Jahon banki guruhi agentliklari Jahon banki guruhi quyidagilardan iborat:

1944-yilda tashkil etilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (IBRD); u suveren kafolatlar asosida qarzni moliyalashtirishni taʼminlaydi; 1956-yilda tashkil etilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC); u suveren kafolatlarsiz, birinchi navbatda, xususiy sektorni moliyalashtirishning turli shakllarini taqdim etadi; 1960-yilda tashkil etilgan, odatda suveren kafolatlar bilan imtiyozli moliyalashtirishni (foizsiz kreditlar yoki grantlar) taʼminlaydigan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA); 1965-yilda tashkil etilgan Investitsiya nizolarini hal qilish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID); u investitsiya riskini kamaytirish uchun hukumatlar bilan hamkorlik qiladi; 1988-yilda tashkil etilgan koʻp tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA); u birinchi navbatda xususiy sektor uchun xavflarning ayrim turlaridan, shu jumladan siyosiy risklardan sugʻurtalashni taʼminlaydi.

„Jahon banki“ atamasi odatda faqat IBRD va IDAga ishora qiladi, „Jahon banki guruhi“ yoki „WBG“ atamasi esa barcha beshta institutga umumiy murojaat qilish uchun ishlatiladi.

Jahon banki instituti Jahon bankining salohiyatni rivojlantirish boʻlimi boʻlib, unga aʼzo mamlakatlarga taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda salohiyatni oshirish dasturlarini taqdim etadi.

IBRDga 189 ta hukumat aʼzodir, boshqa institutlarda esa 153 tadan 184 tagacha aʼzolar bor. Jahon banki guruhining barcha institutlari har yili bir marta yigʻiladigan Boshqaruvchilar kengashi tomonidan boshqariladi„About Us“, wordbank.org, accessed 30 May 2007.. Jahon banki guruhini 25 nafar ijrochi direktorlar kengashi boshqaradi. Har bir direktor bir mamlakatga (eng yirik davlatlar uchun) yoki bir guruh mamlakatlarga masʼul etib tayinlangan. Ijrochi direktorlar tegishli hukumatlar tomonidan yoki saylov okruglari orqali tayinlanadi.

Jahon bankining har bir agentligi Bitim moddalari asosida boshqariladi. Bu bitim ularning barcha faoliyati uchun huquqiy va institutsional poydevor vazifasini bajaradi.

IFC va MIGAning faoliyat doirasi xususiy sektorga beriladigan investitsiyalar va sugʻurta taʼminotini oʻz ichiga oladi.

Prezidentlik Anʼanaga koʻra, bank prezidenti lavozimiga bankning eng yirik aksiyadori boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti tomonidan AQSh fuqarosi boʻlgan nomzod koʻrsatiladi. Bu nomzod ijrochi direktorlari tomonidan tasdiqlangandan soʻng, besh yillik muddatga tayinlanadi va bu muddat yangilanishi mumkin.

Hozirgi prezident 2023-yil 3-mayda Ajay Banga Jahon banki guruhining 14-prezidenti etib saylandi. Uning vakolati 2023-yil 2-iyundan boshlangan.

Boshqaruvchi direktor Jahon bankining boshqaruvchi direktori tashkiliy strategiya uchun javobgardir. Bular qatoriga byudjet va strategik rejalashtirish, axborot texnologiyalari, alohida xizmatlar, korporativ xaridlar, umumiy xizmatlar va korporativ xavfsizlik, sanksiyalar tizimi, nizolarni hal qilish va ichki adolat tizimi kiradi. 2019-yil 7-oktyabrdan beri Jahon banki guruhining boshqaruvchi direktori va bosh moliyaviy direktori Anshula Kant hisoblanadi.

Ekstraktiv tarmoqlar sharhi