Cheksiz quvonch ( eng. Hoichoi Unlimited) — rejissyor Aniket Chattopadhyay tomonidan suratga olingan 2018-yilgi hind bengal tilidagi komediya triller filmi. Film Dev Entertainment Ventures tomonidan ishlab chiqarilgan. Bosh rollarda Dev, Kushani Mukherji, Puja Banerji, Roja Paromita Dey, Arna Mukhopadxyay, Kharaj Mukherji va Sasvata Chatterji oʻynagan. Dastlab, film Kalkutta shahrida suratga olinib, suratga olish guruhi Oʻzbekistonning Samarqand viloyatiga yoʻl oldi . Bu film arab, hind, ingliz va boshqa bir qancha xalqaro tillar qatori bengal tilida ham chiqarilgan. Film Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ukraina va Ozarbayjonda ham namoyish etilgan .
Syujeti Kumar, taniqli sanoatchi Kajal Senning kuyovi; Bijon, uy-joy qurilishi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor, ikki xotini bor; Ajam Xon, avtomexanik, uning rafiqasi kichik aktrisa va Animesh Chaklader, nafaqadagi havo kuchlari xodimi, qoʻshimcha qiziqarli romantikkani his qilishga qaror qildi va Oʻzbekistonga borishni rejalashtirdi.
Ushbu sayohatga Dehli orqali Toshkentga ketish rajasini tuzayotgan vaqtda ular xotinlari va qarindoshlariga yolgʻon gapirishlariga toʻgʻri keladi. Ular Dehlidan chiqmaslaridanoq bir qancha sarguzashtlarga duch keladilar.
Kumar rolida Dev Animesh Chakladar rolida Sasvata Chatterji Bijon Chirimar rolida Kharaj Mukherji Azam Xon rolida Arna Muxopadxay Sital Roy rolida Rajatava Dutta Anindita rolida Kushani Mukherji Kajol Sen rolida Dulol Lahiri, Kumarning qaynotasi Lola rolida Puja Banerji Sumitra rolida Manasi Sinha Bijoli rolida Koneenica Banerji Saban rolida Roja Paromita Dey Tori rolida Debolina Dutta Animesh Chakladarning xolasi rolida Anamika Saha T. Murlidxaran rolida Sanjib Sarkar Terrorchi Aʼzam Xon rolida Sumit Ganguli Pradip banan yeyayotgan terrorchi rolida Dhar Terrorchi rolida Debapratim Dasgupta Terrorchi rolida Bhola Tamang Hiran rolida (Maxsus koʻrinish) rolida Xiran Chatterji Juma rolida, raqs rassomi rolida Sayantani Guhathakurta
Soundtrack
Manbalar
Havolalar
Turkum:Samarqandda suratga olingan filmlar Turkum:Oʻzbekistonda suratga olingan filmlar Turkum:2018-yil filmlari Turkum:Hindiston kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar