Vladimir Dmitriyevich Fyodorov (1930-yil 5-sentyabr, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2017-yil 3-iyun, Moskva, Rossiya) — sovet va rus kimyogari hamda yadro fizigi, Rossiya Federatasiyasi atom sanoatida xizmat koʻrsatgan xodim.
Tarjimayi holi Vladimir Fyodorov 1930-yil 5-sentyabrda Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. 1953-yilda Gorkov universitetini tugatgan. Kimyoviy texnologiya boʻyicha yetakchi ilmiy tadqiqot institutida muhandis, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya boshligʻi, nodir metallar boʻlimining texnik direktori, yadro-toza konstruksion materiallar boʻlimi boshligʻi, yuqori haroratli jarayonlar boʻlimi ilmiy rahbari lavozimlarida ishlagan. 1957-yilda texnika fanlari nomzodi, 1968-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvonini olgan. Uran va nodir metallarning sof birikmalari kimyosi hamda texnologiyasi sohasi mutaxassisi boʻlgan, uran ekstraksiyasi texnologiyasi, sirkoniy, gafniy, kalsiy, tantal, niobiy, sanoatda qoʻllaniladigan oʻta toza ftoridlar texnologiyasi sohasida 300 dan ortiq ilmiy ishlar va 60 ta ixtirolar muallifi.
1965-yilda hozirgacha qoʻllanilayotgan uran tozalashning ekstraksiya texnologiyasini yaratgan. 2017-yil 3-iyunda Moskvada vafot etgan.
Mukofotlari Vladimir Fyodorov 2017-yilda Rossiya Federatasiyasi atom sanoatida xizmat ko‘rsatgan xodim faxriy unvoni va 2-darajali „Vatanga qilgan xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:SSSR fiziklari Turkum:Rossiya fiziklari