Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – prokuratura va tergov-surishtiruv organlari uchun kadrlarni yagona yondashuv asosida tayyorlaydigan, taʼlimning uzluksiz bakalavriat, magistratura, doktorantura hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga ega boʻlgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadihttps://www.gazeta.uz/ru/2022/11/29/academy/. Akademiyaga Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladiHuquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildihttps://www.abt.uz/blog/huquqni-muhofaza-qilish-akademiyasi-tashkil-etiladi. Tarixi Akademiyaning shakillanish tarixi Oʻzbekiston prokuraturasi organlarida muayyan taʼlim va ilmiy salohiyat shakllangan. Mustaqillikka erishgunga qadar xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha ishlar Oʻzbekiston SSR prokuraturasining malaka oshirish kurslari tomonidan olib borilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yilning 24-yanvarida „Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida“gi 33-son qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.01.1992 yildagi 33-son bilan 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi huzurida Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlarining malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-727-sonli qaroriga asosan Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlarining malakasini oshirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari tashkil etildi. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish, shuningdek, prokuratura organlarining ilmiy-tahliliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi „Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF–5438-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq Oliy oʻquv kurslari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tashkil etildi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va zamon talablariga javob beradigan tergov sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi „Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi PF–257-sonOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.11.2022 yildagi PF-257-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

Fakultetlar Bakalavriat fakulteti; Magistratura fakulteti; Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti; Kafedralar Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi; Dastlabki tergov va surishtiruv kafedrasi; Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi; Prokurorlik faoliyati va prokuror nazorati kafedrasi; Tezkor-qidiruv faoliyati va kiberhuquq kafedrasi; Sudlarda prokuror vakolatini taʼminlash hamda ijro ishi yurituvi kafedrasi; Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi; Kasbiy psixologiya va boshqaruv faoliyati kafedrasi; Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi; Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi; Til oʼrgatish kafedrasi; Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi; Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash kafedrasi; Markazlar Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi Ilmiy innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-taʼlim markazi Ofis-registrator markazi Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi Boʻlimlar Tashkiliy-nazorat va faoliyat samaradorligini baholash boʼlimi Shaxsiy xavfsizlik boʼlimi Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi Yuridik boʼlim Birinchi va ikkinchi boʼlim Buxgalteriya va reja-moliya boʼlimi Ishlar boshqaruvi boʼlimi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini taʼminlash boʼlimi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi Loyiha boshqaruvi boʼlimi Xalqaro hamkorlik boʼlimi Tahririy-nashriyot boʼlimi Elektron taʼlim boʼlimi Kadrlar boʼlimi Boshqarma Oʼquv-uslubiy boshqarma Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy kadrlar tayyorlash

# Shifr Ilmiy izlanishlar112.00.01 Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi212.00.07 Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyati. Advokatura312.00.09 Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi412.00.12 Korrupsiya muammolari512.00.03 Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq612.00.04 Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya712.00.05 Mehnat huquqi. Ijtimoiy taʼminot huquqi812.00.08 Jinoyat huquqi va kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan 2018-2024-yillar davomida nashr qilingan ishlanmalar:

# Nashr qilingan ishlanmalar soni1Darslik362Uslubiy qoʻllanma163Amaliy qoʻllanma344Oʻquv qoʻllanma785Oʻquv-amaliy qoʻllanma316Metodik qoʻllanma137Monografiya448Ilmiy-amaliy maqolalar toʻplami31

Memorandumlar, kelishuvlar, protokollar Imzolangan memorandumlar, kelishuvlar, bayonnomalar, yoʻl xaritalari, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasining chora-tadbirlar rejasi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi universiteti oʻrtasida kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (nusxasi) (Moskva, 2017-yil 12-yanvar); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy malaka oshirish kurslari va Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi huzuridagi Prokuratura davlat instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi (Pekin, 2017-yil 21-fevral) Yangi Imzolangan; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy malaka oshirish kurslari va Qozogʻiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi oʻrtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (Ostona, 2017-yil 3-avgust); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy malaka oshirish kurslari va Koreya huquqshunoslik instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2017-yil 27-oktyabr); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari va Sibir menejment instituti oʻrtasida oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2017-yil 1-dekabr); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va „Belarus davlat universitetining sudyalar, prokuratura xodimlari, sudlar va adliya muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti“ taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (Minsk, 2018-yil 13-iyun); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va „Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash muammolari ilmiy-amaliy markazi“ davlat muassasasi oʻrtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (Minsk, 2018-yil 13-iyun); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. (Parij, 2018-yil 2-iyul) yangi imzolangan; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va „Buyuk kelajak“ MXK oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim (Toshkent, 2018-yil 24-oktyabr); Lund universitetining huquq sotsiologiyasi kafedrasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi (Lund, 2019-yil yanvar); Xelsinki universitetining Aleksandr instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi (Xelsinki, 2019-yil 25-yanvar); Bosh prokuratura akademiyasi va Koreya Respublikasi Adliya instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi (Toshkent, 2019-yil 13-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Ukraina Prokuraturasi Milliy akademiyasi oʻrtasida niyatlar bayonnomasi (Toshkent, 2019-yil 16-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Turkiya Respublikasi Adliya akademiyasi oʻrtasida niyatlar bayonnomasi (Toshkent, 2019-yil 16-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2019-yil 25-iyul). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Elsevier oʻrtasida taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum (Toshkent, 2019-yil sentyabr); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi oʻrtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2019-yil 14-noyabr); " Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi " Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim. (Toshkent, 2019-yil); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining Moskva akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim. (VKS, 2020-yil 27-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va " Moliya monitoringi xalqaro oʻquv-metodik markazi " avtonom notijorat tashkiloti oʻrtasida jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga (legallashtirishga), terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. (VKS, 2020-yil 29-sentyabr); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi (Toshkent, 2020-yil noyabr); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Belarus Respublikasi Tergov qoʻmitasining malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim. (VKS, 2021-yil 27-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va „Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining Sankt-Peterburg akademiyasi“ federal davlat davlat oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim. (VKS, 2021-yil 27-may); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi universiteti oʻrtasida kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (VKS, 2022-yil 22-avgust); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Qirgʻiziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Prokuror-tergov xodimlarini malakasini oshirish markazi oʻrtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi (VKS, 2022-yil 22-avgust); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Turkiya Adliya Akademiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi (20.09.2022 y., Toshkent shahri.)+ 2 lisenziya; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Ilmiy oʻquv markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi (VKS, 2022-yil 1 noyabr); Turkiy sud-huquq taʼlimi tarmogʻi toʻgʻrisida anglashuv memorandumi (nusxa) (12.12.2022 y., Istanbul shahri);