Alibek Davronov (2002-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Nasaf“ futbol klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Ampluasi boʻyicha — markaziy himoyachi. Nasaf jamoasida 2-raqamda maydonga tushadi.
Ilk yillari Alibek Davronov 2002-yilning 28-dekabrida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida, Fahriddin aka oilasida dunyoga kelgan. Yosh bola vaqtidanoq futbolga mehr qoʻygan Alibek Davronov Qashqadaryo viloyatining asosiy jamoasi boʻlgan Nasaf futbol klubining akademiyasida mashgʻulotlarda qatnasha boshlaydi. Jismoniy jihatdan baquvvat boʻlgan Alisher Davronov murabbiylarning koʻrsatmasiga binoan himoyada toʻp sura boshlagan. Bu koʻrsatmalar oʻzini oqlagan va hozirda Alibek yurtimizning koʻzga koʻringan markaziy himoyachilaridan biridir. Futbolchi 2021-yilning yoz oyiga qadar Nasaf futbol klubining turli yoshdagi jamoalarida toʻp surgan. Ushbu oʻyinlar orqali bosh murabbiy eʼtiboriga tushgan va 2021-yil 1-avgustdan boshlab asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, hozirda Alibek Davronovning transfer narxi 450 000 yevroni tashkil qiladi.
Klubdagi faoliyati Nasaf jamoasi tarkibida 2021-yil Alibek Davronov Nasaf jamoasi bilan 2021-yil 1-avgustda professional shartnoma imzolagan va shu kundan buyon jamoa tarkibida toʻp surib kelmoqda. Nasaf jamoasidagi oʻzining debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida Jizzax viloyatining Soʻgʻdiyona jamoasiga qarshi oʻtkazgan va jamoa 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Umumiy hisobda Alibek Davronov 2021-yil Oʻzbekiston kubogida 3 ta, OFK kubogida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2022-yil 2022-yil futbolchi uchun anchagina omadli yil boʻldi. Oʻzbekiston Superligasida 24 ta, Osiyo chempionlar ligasida 7 ta, Oʻzbekiston kubogida 4 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, ilk marotaba Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa sharafini himoya qildi. Shu oʻyinlarda umumiy 7 ta sariq kartochka oldi, biror marotaba qizil kartochkaga loyiq koʻrilmadi. 2022-yil davomida 1997 daqiqa vaqtini Nasaf jamoasi uchun maydonda oʻtkazdi.
2023-yil 2023-yil davomida hozircha Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Superligada 2 ta uchrashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga ham erishdi. Umumiy 5 ta sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Oʻzining oʻyini orqali Alibek Davronov koʻplab klublar eʼtiboriga tushgan. +MusobaqaYilOʻyinGolDaqiqaOʻzbekiston kubogi202330270Oʻzbekiston Superligasi2023122776Oʻzbekiston kubogi202241363AFC Champions League202270515Oʻzbekiston Superligasi20222401119Oʻzbekiston Superkubogi2022000AFC Cup2021104Oʻzbekiston kubogi202131164
Xalqaro maydonda Alibek Davronov turli yoshlardagi Oʻzbekiston terma jamoalarida jami 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Himoyada yaxshi harakat qilgan, gol urmagan. Milliy terma jamoaga esa 2022-yilda ilk marotaba chaqiruv oldi va oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Debyut oʻyinida 26 daqiqa davomida jamoasi uchun harakat qildi. 2023-yil CAFA Nations Cup musobaqasida 1 ta oʻyinni toʻliq maydonda oʻtkazdi.
Yutuqlari Jamoaviy Nasaf AFC kubogi finalchisi: 2021 Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Superligasida bronza medal: 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (3) 2023, 2024, 2025
Manbalar
Havolalar
Turkum:28-dekabrda tugʻilganlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum: Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar