Usmon Qoʻchqor(1953-yil 15-iyul – 21-sentyabr 2017-yil) – shoir va tarjimon. 1970—1975-yillarda Toshkent davlat universitetini oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda tamomlagan.
Biografiyasi Usmon Qoʻchqor Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tavallud topgan. Ilk faoliyatini 1975—1977-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boshlagan. 1977—1979-yillarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlgan. 1979—1986-yillarda „Oʻzbekiston“ nashriyotida muharrir boʻlib ishlagan.
Usmon Qoʻchqor „Chamangul“ (1996-yil) nomli bolalar uchun yozilgan sheʼriy guldastasi Respublika Davlat matbuot qoʻmitasining mukofotiga sazovor boʻlgan. Usmon Qoʻchqor „Shuhrat medali“ va „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.
Sheʼriy toʻplamlari „Ogʻif karvon“, „Uyqudagi minora“ va „Akssiz sadolar“.
Vafoti Usmon Qoʻchqor 2017-yil Toshkent shahrida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak shoirlar