Asrorbekbek Kenjayev (2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Biografiyasi va karyerasi

Ilk yillari Kenjayev 2004-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. U „Spartak Toshkent“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilda u Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga, 2022-yilda esa „Chigʻatoy“ klubida harakat qilgan. 2023-yilga kelib Kenjayev „Neftchi“ klubiga koʻchib oʻtdi. Asrorbek Kenjayevning transfermarktdagi narxi 50 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).

Lokomotiv Toshkent safida Asrorbek 2021-yilda (16 yoshida) „Lokomotiv“ klubi safiga kelib qoʻshildi. Jamoa safida 9 ta oʻyinda maydonga tushdi va bundan tashqari yoshlar jamoasida ham koʻplab oʻyinlar oʻtkazdi.

Chigʻatoy safida 2022-yilda „Chigʻatoy“ga transfer boʻldi. Kenjayev jamoa safida Oʻzbekiston Kubogida 1 ta oʻyinda, Birinchi Liga musobaqasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Neftchi 2023-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „'Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Asrorbek Kenjayev 14 yoshidan boshlab terma jamoaga muntazam chaqirilishni boshlagan. Futbolchi U-14 ,U-15, U-16, U-17, U-18, U-19 va U-20 Oʻzbekiston terma jamoalarida harakat qilgan.

2022-yilning 15-avgustida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga chaqiruv olgan va Yaponiyada boʻlib oʻtgan „SBS Cup“ turnirida ishtirok etgan. „SBS Cup“ turnirida Urugvay U-19 terma jamoasi, Yaponiya U-19 terma jamoasi va Shizuoka U-19 jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bilan 2022-yilning 10-sentyabrdan 18-sentyabrgacha Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubigi saralash oʻyinlarida qatnashgan. Bu bosqichda Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi, Xitoy U-20 terma jamoasi, Maldiv U-20 terma jamoasi va Myanma U-20 terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Jamoa guruhda 12 ochko toʻplagan holda 1 oʻrinni egallagan.

„SBS Cup“ va „U-20 Osiyo Kubogi“ saralash oʻyinlarida oʻzini yaxshi koʻrsatganligi uchun Ravshan Haydarovning eʼtiborini qozondi va Oʻzbekiston U-20 terma jamoasidan chaqiruv oladi. Asrorbek Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan 2022-yilning 28-noyabr kuni Qirgʻiziston U-20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Asrorbek Kenjayev Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan birgalikda 1-18-mart kunlari boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo Kubogida chempion boʻlib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bilan Argentinada boʻlib oʻtgan U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Braziliya va Dominikan Respublikasi yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

Kenjayev Argentinada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon Chempionatida Gvatemala U-20 va Isroil U-20 terma jamoalariga qarshi muhim oʻyinlarda maydonga tushdi.

Faoliyatidagi statistikasi +Oʻzbekiston U20 terma jamoasidaYilOʻyinlarOʻtkazib yuborilgan gollar2022-yil652023-yil84Jami149

Yutuqlari Terma jamoa Oʻzbekiston U19

SBS Cup gʻolibi: 2022

Oʻzbekiston U20

AFC U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi: 2023

Klub Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025

Manbalar

Havolalar

Asrorbek Kenjayev OʻzPFL sayti Asrorbek Kenjayev Transfermarkt sayti Asrorbek Kenjayev Soccerway sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Chigʻatoy klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari