Yevgeniy Ivanovich Kutirev (1918-yil, Yangi Buxoro, SSSR — 1990-yil) — sovet meʼmori, loyihalovchi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan meʼmor, SSSR Davlat mukofoti laureati.

Tarjimai holi 1941-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan, 1942-yilgacha Kuybishev nomidagi akademiyaning talabasi boʻlgan va komsomol akademik kurslarini tugatgan (1942—1943). 1943-yildan Kalinin (1943—1944) va Leningrad frontlarida (1944—1945) jang qilgan.

Urushdan keyin SSSR Vazirlar Kengashining konstruktorlik guruhida ishlagan (1949—1956). Moskva arxitektura institutining aspiranturasini tamomlagan (1953—1956). Giprogor uni ustaxona boshlig‘i qilib ishga oladi va 1966-yilgacha shu yerda ishlagan. Keyinchalik Markaziy shaharsozlik ilmiy-tadqiqot instituti bosh arxitektori — loyihalash boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan(1966—1989).

1966—1975-yillarda Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutining haykaltaroshlik kafedrasida dars bergan.

Kuzminskoye qabristoniga dafn qilingan.

Ijodiy ishlari 1953—1954-yillarda Kiyevskaya metro bekati yer osti zalining ichki qismini dekorativ dizaynini yakunlagan.

1960-yilda Kutirev ish boshqaruvchisi boʻlgan Nijnekamskning bosh rejasi yangi shaharlar uchun loyihalar tanlovi 1-darajali diplomi va Butunittifoq koʻrgazmasida SSSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlangan.

Tolyatti shahri uchun loyihalarni ishlab chiqishga rahbarlik qilgan. Kutirev bosh reja, qurilishning birinchi bosqichini batafsil rejalashtirish loyihasi, texnik loyiha va ishchi chizmalarning muallifi, shuningdek, qurilishning borishini arxitektura nazoratini amalga oshirgan.

Uning faol ishtirokida Vladivostok, Naxodka, Yorcholli, Yaroslavl, Temirtau shaharlarida rivojlanish loyihalari ishlab chiqildi.

Ish olib borgan yodgorliklari Yevgeniy Kutirev meʼmor sifatida turli yodgorliklarning mualliflik jamoalari aʼzosi boʻlgan:

V. V. Veresayev haykali, Tula, 1958-yil; M. V. Frunze, Moskva, Znamenka koʻchasi (1959); Nilu Filatov, Moskva (1960). Doʻstlik yodgorligi, Ufa (1965). S. M. Kirov, Kirov (1966). 1905-yil inqilob jangchilariga, Ivanovo (1975). Kostroma jangchilariga shon-sharaf yodgorligi, Kostroma, (1976) M. I. Kalinin yodgorligi, Moskva, Kalinin prospekti (1978, 1991-yilda Muzeon bogʻiga koʻchirigan, meʼmoriy dizayni buzulgan); Georgiy Dimitrov, Dimitrovgrad, SSSR (1982); Nijniy Novgoroddagi Minin va Pojarskiy maydonida Kuzma Minin haykali (1989); M. Sholoxov yashagan va ishlagan uydagi yodgorlik lavhasi, Moskva, Sivtsev Vrajek, 33-uy (1985).

Shuningdek, V. I. Leninning Dushanbe (1960), Ufa (1967), Merseburg (GDR, 1971, 1997-yildan Niderlandiyada oʻrnatilgan), Suzdal (1960), Monchegorsk (1981), Voljskiy (1984) shaharlarida oʻrnatilgan bir qancha yodgorliklar meʼmoridir.

Mukofotlari

Oktyabr inqilobi ordeni ; Qizil Yulduz ordeni (1945-yil 25 iyul); II darajali Vatan urushi ordeni (1985-yil 6 aprel); Jangovar xizmatlari uchun medali (1944-yil 22 fevral); „Leningrad mudofaasi uchun“ medali (1944); Tolyatti yangi turar-joy arxitekturasi uchun SSSR Davlat mukofoti (1973); Ivanovodagi Inqilob kurashchilariga yodgorlik haykali uchun SSSR Davlat mukofoti (1978); Merseburg shahridagi Lenin haykali uchun sanʼat boʻyicha Xalqaro Handel mukofoti (GDR).

Manbalar

Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:23-iyulda vafot etganlar Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Kogonda tugʻilganlar