Chol Gala masjidi (, ayrim manbalarda Chol Qalʼa masjidi deb ham beriladi) — Ozarbayjonning Shusha shahrida, Bokudan 350 km janubi-gʻarbda joylashgan Ozarbayjon masjidi. Shahar 1992-yil 8-mayda arman kuchlari tomonidan qoʻlga kiritiladi, 2020-yil 8-noyabrda esa Ozarbayjon tomonidan qaytarib olinadi.
Umumiy tasnifi Chol Gala masjidi Shusha shahrining Chol Gala mahallasining G. Zakir ko‘chasida joylashgan masjid hisoblanadi. Chol Gala mahallasi Shushaning 9-quyi va oldingi mahallalaridan biridir. Shusha shahrida hammasi boʻlib 17 ta asosiy mahallalar mavjud. Chol Gala masjidi XIX asr oxiriga kelib, Shushada faoliyat ko‘rsatgan 17-masjiddan biri hisoblanadi. Dastlab masjidning minoralari mavjud boʻlmagan, uning tashqi dizayni toʻrtburchaklar shaklida boʻlgan mahalla masjidi binosining ichki qismi Islom dini meʼmorchiligiga toʻliq mos keladi. Masjidda, shuningdek, namozxona ham mavjud boʻlgan„Shusha State Historical & Architectural Reserve“. Archived from the original on 4 October 2010. Retrieved 19 August 2010.. Masjid yonidagi Chol Gala bulog‘i mahallani Shushaning mashhur mineral suvi bilan taʼminlagan. Masjid Shusha davlat tarixiy arxitektura qoʻriqxonasining eng qimmat yodgorliklaridan biri hisoblangan.
Manbalar
Tashqi havolalar
Ozarbayjon, Shusha shahridagi Chol Gala koʻchasi Qorabogʻ yodgorliklari [ <span title="Dead link tagged August 2017">doimiy o'lik havola</span> ] Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda