Arqadagʻ futbol klubi (; Arkadag, Arqadagʻ yoki Arkadagʻ nomlari bilan tanilgan) – Turkmanistonning Arqadagʻ shaharidagi professional futbol klubi. 2023-yilda Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan asos solingan klub Yuqori liga turnirida ishtirok etadi. Arqadagʻ jamoasi oʻzining dastlabki mavsumidanoq sovrinlani qoʻlga kiritishni boshlagan. Klub mahalliy miqyosda dastlabki ikki mavsumda ikki karra dubl sovrindori boʻlgan. Osiyo miqyosida esa jamoa ilk ishtirokidayoq AFC Chaqiruv Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Tarixi left|thumb|224x224px|Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmanistonning ikkinchi prezidenti, klub asoschisi „Arqadagʻ“ 2023-yilgi ichki mavsumga tayyorgarlik jarayonida tashkil etilgan. Mamlakatning koʻplab eng yaxshi futbolchilari klubga maxsus kengaytirilgan transfer oynasi davomida qoʻshilishgan. Turkmaniston oliy divizionida oʻzining tashkil etilishidanoq ishtirok etib kelayotgan jamoa, 2023-yilgi „Yokary Liga“ turnirida hokimiyat tomonidan alohida yordam berilgani uchun raqib muxlislar tomonidan tanqidga uchragan. Noyabr oyida sobiq mahalliy yulduz futbolchi Wladimir Bayramow „Arqadagʻ“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan va u bilan bir yillik shartnoma imzolangan. Shuningdek, shu oyda Axaltaka oti tasviri tushirilgan jamoa logotipi taqdim etilgan.
3-dekabr kuni „Arqadagʻ“ jamoasi Turkmaniston Oliy ligasida „Oltin Asir“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining birinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Jamoa aʼzolari liganing barcha 24 ta oʻyinida gʻalaba qozonishga erishgan. Jamoa 83-17 gol farqi bilan jami 72 ochko toʻplagan. Ularning eng koʻp gol urgan oʻyinchisi 27 ta gol bilan Didar Durdiyev boʻldi. Shuningdek, klub 2024-25-yilgi AFC Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichiga yoʻllanma olgan. 2023-yil 24-dekabr kuni Vladimir Bayramov boshchiligidagi „Arqadagʻ“ „Arqadagʻ“ stadionida boʻlib oʻtgan Turkmaniston kubogi finalida „Ahal“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etib, oʻzining ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritgan. Jamoaning 2023-yilgi mavsumda koʻrsatgan muvaffaqiyatli natijasi uchun ularga MAN rusumli avtobus sovgʻa qilingan.
2023-yil iyun oyida Arqadagʻ jamoasi AFC Chaqiruv Ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziyaga ega boʻlgan. 2024-yil 7-oktyabr kuni amaldagi chempion Arqadagʻ Nebitchi jamoasi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, Liga chempionligini muvaffaqiyatli saqlab qolgan. Klub xalqaro turnirda Quvaytning kuchli jamoalaridan biri Al-Arabi SC va Maldiv orollari hamda Qirgʻizistonning amaldagi chempionlari Maziya va Abdysh-Ata Kant bilan guruh oʻyinlar bahsida ishtirok etgan. Ularning birinchi oʻyini Quvayt shahridagi Al Quvayt sport klubi stadionida Maziya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. 2024-yil 29-oktyabr kuni FK Arqadagʻ Abdysh-Ata Kant klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, sensatsiya qayd etgan.
2024-yil 1-noyabr kuni klub „Al-Arabi“ jamoasiga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan va bu davrgacha rasmiy musobaqalarda ketma-ket 61 ta gʻalabaga erishgan (50 ta yuqori ligada, 9 ta Turkmaniston kubogida va 2 ta AFC Chaqiruv Ligasida). Bundan tashqari, klub 1915–1917-yillarda „Seltik“ tomonidan oʻrnatilgan 62 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha jahon rekordini takrorlashga atigi bir oʻyin qolgan edi. Biroq, ushbu seriya liga boshqaruvi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Guinness rekordlar kitobiga kiritilmagan. Buning oʻrniga Ginnes „Al-Hilol“ning 2023–24-yillardagi 34 oʻyindagi gʻalabali seriyasini eʼtirof etadiMost consecutive menʼs association football victories (all competitions).
2025-yil 10-may kuni Arqadagʻ finalda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Svay Riengni 2:1 hisobida magʻlub etib, ilk marta AFC Chaqiruv Ligasida gʻolib chiqqan. Bu gʻoliblik natijasida klub 2025-26-yilgi ikkinchi chempionlar ligasi guruh bosqichiga dastlabki yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi jamoa boʻligan.
Klub ranglari
Ramz Klub gerbi Kopetdogʻ togʻlari fonida keng tarqalgan Axalteke oti boʻlgan. Logotipda oq va koʻk ranglardan foydalanilgan.
Kkub libosi Arqadagʻ klubining anʼanaviy uy libosi asosan yashil va oq ranglardan iborat. Toʻplamning ikkinchi toʻplami butunlay yashil va oq elementlardan iboratTurkmenistanyn futbol cempionaty salamnews.tm . Yashil Oq DavrBrandHomiy2023–hozirgachaJakoArqadagʻ shahar maʼmuriyati
Stadioni Arqadagʻ klubining asosiy uy maydoni 10 000 sigʻimga ega Arqadagʻ stadioni hisoblanadi. Klub oʻzining dastlabki mavsumida Nusaý stadionidan Ýokary Liganing baʼzi oʻyinlarida uy maydoni sifaida foydalangan.
Joriy tarkib
Ijaraga berilgan futbolchilar
Natijalar
Mahalliy natijalar MavsumLigaTurkmaniston kubogiEng yaxshi toʻpurarDivizionOʻGʻDMUGOʻGOOʻrinFubolchi(lar)Gol2023Ýokary Liga2424008317721-oʻrinGʻolib Didar Durdyýew27202430300014720901-oʻrinGʻolib Didar Durdyýew31
Xalqaro natijalar
MusobaqaOʻGʻDMUGOʻGAFC Chaqiruv Ligasi8602148AFC ikkinchi chempionlar ligasi000000Umumiy8602148 MavMusobaqaBosqichMillatKlubUySafarUmumiy2024–25AFC Chaqiruv LigasiB guruhiMaziya2–11-oʻrinAbdysh-Ata Kant2–0Al-Arabi2–3Chorak finalEast Bengal2–11–03–1Yarim finalAl-Arabi0–23–03–2FinalPreah Khan Reach Svay Rieng2–1 2025–26AFC ikkinchi chempionlar ligasiB guruhiAl-AhliAndijonAl-Xaldiya
Murabbiylar tarixi IsmMillatiYillarGuwançmuhammet Öwekow2023Begençmuhammet Kulyýew2023Wladimir Baýramow2023–2025Didar Hojiyev2024 (ACGL guruh bosqichi)Dovletmyrat Annayev2025Akhmet Allaberdiyev2025Wladimir Baýramow2025–hozirgachaRavshan Muhadov2025 (OCHL guruh bosqichi)
Eng yaxshi toʻpurarlar MavsumBirinchiIkkinchiUchinchi2023Didar Durdyýew (27)Begmyrat Baýow (9)Şanazar Tirkişow (7)2024Didar Durdyýew (31)Altymyrat Annadurdyýew (24)Begenç Akmämmedow (19)
Yutuqlari Yuqori Liga
Chempion (2): 2023,„Arkadag“ dosrochno stal chempionom Turkmenistana po futbolu. turkmenportal.com. Retrieved 4 December 2023. 2024
Turkmaniston kubogi
Chempion (2): 2023, 2024
Turkmaniston Superkubogi
Chempion (1): 2024
Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogi
Chempion (1): 2025
AFC Chaqiruv Ligasi
Gʻoliblar (1): 2024-25
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti FK Arkadag Globalsportsarchive.com saytida
Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:2023-yilda tashkil etilgan futbol klublari