Odil Qalandarovich Abdurahmonov (1978-yil 6-fevral, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili. 2025-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi raisi.
Biografiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida bosh konsultant, Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan hozirgacha Toshkent davlat transport universiteti rektori, 2022-yil 25-iyuldan boshlab – Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari