Joʻrabek Tursunpoʻlatovich Mirzamahmudov () — 2022-yildan 2026-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020—2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Biografiyasi 1997—1999 — Toshkent kimyo texnologiyalari instituti talabasi.
1999—2001 — Umid jamgʻarmasi yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003—2006 — „Oʻzlitineftgaz“ OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006—2012 — Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014—2017 — „Oʻzkimyosanoat“ davlat kompaniyasi boshqaruv raisining istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri.
2018—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2019—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — „Oʻzatom“ agentligi bosh direktori.
2022-2026 — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziriOʻzbekiston Respublikasi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. Manbalar
Havolalar Facebook sahifasi Instagram sahifasi
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar