Hilola Umarova Oʻktamovna (1988-yil, Veymar, Germaniya Demokratik Respublikasi) – 2020-yildan Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan. 2022-yil 30-dekabrda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan va 2025-yil 31-iyul kuni lavozimidan ozod etilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal biladi.

Tarjimai holi Umarova Xilola Uktamovna 1988-yili Olmoniyaning Vaymer shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti hujjat taʼminoti va nazorati guruhi 1-toifali mutaxassisligidan boshlagan. 2016—2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikni rivojlantirish va homiylarni jalb etish boʻlimi yetakchi mutaxassisi. 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari. 2018 – Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi. 2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi. 2018—2020 – Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejeri. 2020—2022 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori. 2022-yil 30-dekabrdan 2025-yil 14-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriOʼzbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi. 2025-yil 14-iyuldan – 2026-1-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2026-yil 17-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari