Guido Rodriguez (1994-yil 12-aprelda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, La Liganing „Real Betis“ klubi va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Rodriguez oʻz faoliyatini 2014-yilda „River Pleyt“ klubida boshlagan va shu klub safida 2016-yilgacha o'z faoliyatini davom ettirgan. Oʻyin vaqti uchun astoydil kurashdi, ligada o'n oltita o'yinda maydonda harakat qildi va ikki marta Argentina kubogi o'yinlarida maydonga tushishga muvaffaq boʻldi. 2016-yilda „Defensa y Justicia“ jamoasida ijara asosida oʻn beshta liga oʻyinida maydonga tushgan.

2016-yilning yozida, Rodriguez Meksikaning „Tijuana“ klubiga oʻtdi. Chempionatda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol kiritdi.

2017-yilning 7-iyulida, Tijuananing sobiq murabbiyi Miguel Herrera bilan yana kelishib, 7 million dollarlik shartnoma asosida Amerika klubi safiga borib qoʻshildi.

Terma jamoadagi faoliyati 2017-yil 9-iyun kuni, Rodriguez Argentina terma jamoasi bilan Melbourne shahrida Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga ilk bor chaqiruv oldi. Argentinaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda Paulo Dibalaning o‘rniga maydonga tushirildi.

2019-yilning may oyida Argentinaning 2019-yilgi Amerika Kubogi uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi.

U oʻzining xalqaro miqyosdagi birinchi golini Argentinaning 2021-yil 18- iyun kuni Urugvayga qarshi Amerika Kubogining guruh oʻyinida kiritdi.

2022-yil 11-noyabrda, u Argentina terma jamoasining 2022-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibiga kiritildi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klub safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalarKlubMavsumLigaMilliy kubokMintaqaviyBoshqaJamiDivizyonOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRiver Plate2014Argentine Primera División7010--8020159110--101Jami16120--181Defensa y Justicia (loan)2016Argentine Primera División15010--160Tijuana2016-17Liga MX39530--425América2017-18Liga MX3716040104812018-1944870--5182019-20223-0020243Jami10312130403012312Real Betis2019-20La Liga14110--1512020-2135131--3822021-223216091-4712022-23120005100171Jami933101142001176Umumiy statistikasi266212911823031624

Terma jamoa safida

+Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Argentina 2017 1 0 2019 8 0 2020 1 0 2021 10 1 2022 7 0 Jami 27 1

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Argentinaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Rodrigesning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

+Guido Rodriguez tomonidan kiritilgan terma jamoa safidagi gollar roʻyxati No Sana Joy Raqib Xol Natija Musobaqa 1 2021-yil 18- iyun Estádio Nacional Mané Garrincha Braziliya 1-0 1-0 2021 Copa Amerika

Yutuqlari River Plate

Copa Sudamericana: 2014-yil

America

Liga MX : Apertura 2018 Copa MX : Clausura 2019

Betis

Qirol kubogi: 2021-22

Argentina

FIFA Jahon chempionati: 2022 Copa America: 2021 KONMEBOL — UEFA Chempionlar kubogi: 2022

Shaxsiy

Liga MX yilning eng yaxshi himoyachisi: 2016-17, 2018-19 Liga MX Balón de Oro: 2018-19

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Profile at the Real Betis website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari