Andreas Ogris (1964-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — avstriyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Avstriyaning sobiq terma jamoasi va Herta BSC oʻyinchisi Ernst Ogrisning akasi hisoblanadi.
Klubdagi karyerasi Vena shahrida tugʻilgan Ogris 1983-yildan 1997-yilgacha "Austria Wien" jamoasida oʻynagan, qisqa muddat davomida Ispaniyaning "Espanyol" va LASK klublarida oʻynagan. Tez va olovli hujumchi murabbiylikka oʻtishdan oldin professional faoliyatini Admira/Vakkerda yakunlagan.
Xalqaro Karyerasi 1983-yilda Ogris FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynaydi.
1986-yil oktyabr oyida u Albaniyaga qarshi oʻyinda Avstriya terma jamoasi safida ilk bor debyut qildi va 1990-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchisi boʻldiRecord at FIFA Tournaments - FIFA. U 63 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urganAppearances for Austrian National Team - RSSSF. Uning soʻnggi terma jamoa safidagi bahsi 1997-yil aprel oyida Shotlandiyaga qarshi Jahon Chempionati saralash oʻyinida Frants Aignerning oʻrniga kechroq maydonga tushganda boʻladi.
Murabbiylik karyerasi 2014-yilning 21-fevralida Ogris mavsum oxirigacha Avstriya -Vienning zaxira jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Biroq tez orada Herbert Gager birinchi jamoa bosh murabbiyi lavozimidan boʻshatiladi, lekin Ogris klubdagi boshqa lavozimni qabul qilishni istamadi. Keyinroq Ogris 2014-yilning 2-iyunida Ogris doimiy ravishda Gagerning lavozimini qabul qilib oldi. 2015-yil 22-martda Jerald Baumgartner ishdan boʻshatilgandan soʻng u mavsumning qolgan qismida asosiy jamoa bosh murabbiyi boʻldi. Uning vaqtinchalik bosh murabbiy sifatidagi birinchi uchrashuvi Red Bull Zalsburgga 3:1 hisobida magʻlub qilish boʻlgan. 2015-yilning 4-iyunida Torsten Fink jamoa bosh murabbiyi boʻldi va Ogris uning yordamchisiga aylandi. Uning vaqtinchalik bosh murabbiy sifatidagi soʻnggi oʻyini 2015-yilning 3-iyunida Red Bull Zalsburgga 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyin boʻldi. Keyinroq Ogris Avstriya Wienning oʻrinbosar jamoasiga qaytishiga qaror qiladi.
Yutuqlar Avstriya Wien
Avstriya Futbol Bundesligasi : 1984, 1985, 1991, 1992, 1993 Avstriya kubogi : 1990, 1992, 1994
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar
Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik futbol murabbiylar