Zikriyo Gʻaniyev – sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.
Tarjimayi holi 1913-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi.
1933—1983-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSRda sugʻorish ishlari tashkilotchisi, Katta Fargʻona, Qoʻrgʻontepa va Katta Andijon kanallari qurilishida qatnashgan. Bir qator tumanlar suv xoʻjaligi boshqarmalari boshligʻi sifatida xizmat qilgan20-sentyabr 1983-yilgi nekrolog.
Fargʻona viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi. Fargʻona viloyati kolxoz qurilishi boshligʻi. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti VI chaqiriq deputati etib saylangan. 1983-yilda Farg‘onada vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar