Henry Percy Adams (; 1865-yil 26-oktyabr — 1930-yil 7-aprel) Ipsvich shahrida tugʻilgan ingliz arxitektori. U FRIBA tashkiloti aʼzosi aʼzosi hisoblanadi.

Yoshligi Adamsning otasi Webster Adams (1841-1900), Ipsvichda jarroh boʻlgan. Onasi — Alice Heal (1840—1888).

U Epsom kollejida akasi Webster Angell Adams (1864-1895) bilan birga tahsil olgan. Adams 1879-yilda Epsomni tark etdi. Shu orada u Gould House, DeAdham, Esseksga shaharlariga koʻchib oʻtdi. Keyinchalik u Ipswichdagi mahalliy taniqli arxitektor Brightven Binyon (1846-1909) qoʻl ostida shogirdlikka kirdiSam Smiles (Editor). Adams Ipsvich Tasviriy sanʼat va rassomlik klubining aʼzosi edi.  U 1886-yilda „Old Windmill“ deb nomlangan akvarel rasmini va ikkita arxitekturaviy eskizini namoyish etdi. Bular: „'St. Martinʼs church, Cologne“, „Tomb of Sir Walter Scott“.  Oradan vaqt oʻtib, yaʼni, 1888-yilda Qirollik akademiyasida koʻrgazma tashkil qildi.

Shuningdek, Adams 1888-yilda Stiven Salterning (1825-1896) arxitektura idorasiga, London, Gannover maydonidagi arxitektura idoralarida ishladi. 1888-yilda u RIBAning chizmachilik yoʻnalishidagi mukofotini qoʻlga kiritdi.

1897-yilda u arxitektura sohasi vakillari uchun beriladigan Donaldson medali va Godwin Bursary (Jorj Godvin tomonidan asos solingan) sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

1913-yil Adams Stephen Salter binosining arxitektura amaliyotini amalga oshirdi. 

Charles Holden (1899-yilda uning yordamchisi, keyin esa uning dizayneri) va Lionel Pearson (1879-1953, Liverpul universiteti arxitektura fakultetida oʻqigan) ikkalasi ham 1904-yilda Adamsning oldiga amaliyotga qoʻshilishdi. Keyinchalik bu amaliyot Adams, Holden va Pearsonga oʻzgartirildi.

Asosiy ishlari

1897-1898-yillar Bedford General Hospitalning janubiy qismi, „Victoria Ward“ deb nomlanuvchi bolalar uchun maxsus moʻljallangan bino. 1898-yil — Stircase Hall, Madresfield Court Worcestershire. 1900-1905-yillar Nyukasl apon Tayn. Qirollik Viktoriya kasalxonasidagi ibodatxona. W. L. Newcombe bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 1900-yil — Surreydagi Dorking yangi kasalxonasi. 1901-yil — Qirollik Viktoriya kasalxonasi, Newcastle upon Tyne. 1901-yil — Glazgodagi Royal Infirmary uchun dizayn tanlovida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. 1903-yil — Tunbridge Wells umumiy kasalxonasi, Kent. 1903-yil — King Edvard VII sanatoriysi, Midhurst, Surrey (2006-yilda yopilgan va turar-joyga aylantirilishini kutmoqda). 1903-yil — Bedford okrugi kasalxonasi, Bedfordshir. 1904-yil — Beyogʻlu dengizchilar kasalxonasi, Istanbul-Qrim urushi paytida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. U har qanday kiruvchi kemalarni aniq koʻrishni taʼminlaydigan minoraga ega. 1906-yil — Soxodagi ayollar kasalxonasi, London. 1907 — 1908 okrug xoll, London dizayni uchun muvaffaqiyatsiz taklif. 1909-yil — Semon uyi (hozirda „Rignall yogʻochi“ nomi bilan tanilgan). 1910-yil — Bristol qirollik kasalxonasining yangi boʻlimi va pavilyonlari, Glostershire (Charles Halden bilan). 1910-yil — Savoy Pleys, (Elektr muhandislari instituti) koʻchib oʻtishdan oldin, binoga oʻzgartirishlar Persi Adams va Charles Halden tomonidan amalga oshirildi. Bunga kirish zalini, maʼruza teatrini taʼmirlash va birinchi qavatdagi uzun xonadan kutubxona yaratish kiradi.

Shaxsiy hayoti 1890-yil 22-mayda u Suffolkdagi Ipsvich shahrida Cicillia Clara Staddon (1865-1891) bilan turmush qurdi. 1891-yilda ularning oʻgʻli tugʻildi. Farzandi tugʻilganida uning xotini vafot etdi. 1896-yilda Henry Alice Mildred Mathieson (ser Frederick Ashtonning xolasi) bilan turmush qurdi. Ulardan ikki oʻgʻil va bir qizi farzand bor edi.

Adams 1930-yilning 7-aprelida Londondagi Westminster kasalxonasida 64 yoshida vafot etadi.

Manbalar

Turkum:1930-yilda vafot etganlar Turkum:1865-yilda tugʻilganlar Turkum:Ingliz arxitektorlari