Feliks Olof Allan Nelson Beijmo (talaffuzi: Feliks Beymo; 1998-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Malmö FF klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Beijmo IF Brommapojkarna jamoasida yetti yoshidan oʻynay boshladi. Fotbollsfabriken (Futbol fabrikasi) deb nomlangan TV4 koʻrsatuvida ishtirok etdi, unda IF Brommapojkarna akademiyasining 15 yoshli eng yaxshi futbolchilari syujeti taqdim etildi.

Djurgårdens IF 2017-yilning 30-martida Beijmo Allsvenskan vakili Djurgårdens IF klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-mayida Shvetsiya kubogi finalida maydonga tushdi. Djurgården „Malmö FF“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etdi.

Werder Bremen 2018-yil iyun oyida Beijimo uzoq muddatli shartnomaga kelishib, 2018—2019-yilgi mavsum uchun Bundesliga vakili „Werder“ jamoasiga qoʻshildi. Taxminan 3 million yevro toʻlovi uni Shvetsiyaning Allsvenskan klubini tark etgan eng qimmat himoyachiga aylantirdi.

Malmö FFga ijara 2019-yil avgust oyida Shvetsiyaga qaytib keldi va Malmö FF klubi uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Greuther Furthga ijara 2020-yilning 31-yanvarida, 2019—2020-yilgi qishki transfer oynasining soʻnggi kunida, Beijimo SpVgg Greuther Furth klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Malmö FF 2020-yil avgust oyida Beijimo Shvetsiyaga qaytib, Malmö FFga qoʻshildi. Klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati Beijmo Shvetsiyaning 17 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi, Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi va Shvetsiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrommapojkarna2015Superettan10010—1102016Division 124152—2922017Superettan0040—40Jami34110200443Djurgårdens IF2017Allsvenskan26200—2622018Allsvenskan1114000151Jami3734000413Werder Bremen II2018—2019Regionalliga Nord30-—30Malmö FF (ijara)2019Allsvenskan811040131Greuther Fürth (ijara)2019—20202. Bundesliga5000—50Malmö FF2020Allsvenskan300000302021Allsvenskan1403060230Jami1703060260Jami faoliyati10451821001327

Yutuqlari Djurgårdens IF

Svenska Kupen; 2017—2018

Malmö FF

Allsvenskan: 2020, 2021 Svenska Kupen: 2021—2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar