thumb|333x333px|Uspenskiy sobori-jome’si, 1871 Tangri Onasi Vafoti kafedral sobori-jome’si (shuningdek, „Gospital cherkovi“) — Rus pravoslav kafedral cherkovining Oʻrta Osiyo Metropolit okrugiga qarashli Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasidagi pravoslav sobori.

U Toshkent shahrida Avliyoota koʻchasi, 91-uy, markaziy temir yoʻl vokzalidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.

Tarixi Ehrom qurilishi 1877-yilda Toshkentdagi gospital qabristoniga 1871-yilda qurilgan Panteleimon cherkovining eski binosi oʻrniga qad rostlagan. Uning qurilishi uchun mablagʻni shahar aholisi ehsonidan olingan: masalan, Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman 3000 rubl ajratgan. Eng katta sarmoyani birinchi gildiyaning toshkentlik savdogari Dmitriy Zaxo kiritgan, u keyinchalik bu yerda 15 yil mobaynida cherkov boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Ushbu qadamjo 1878-yilda qurib-bitkaziladi, 1879-yil 31-yanvarda ehrom buyuk shahid va tabib Panteleimon sharafiga qoʻyiladi.

1922-yilda, Markaziy Osiyodagi koʻpgina cherkovlar qatori, bu ehrom Rus cherkovi Sinod Pravoslav qoʻliga oʻtadi. 1933-yilda erom diniy xizmatlar uchun yopiladi, shundan soʻng bino 1945-yilgacha Oʻrta Osiyo harbiy okrugining sanitariya omboriga aylantiriladi. 1945-yil dekabr oyida cherkov maishiylarga qaytariladi, shundan soʻng u Bibimaryam jome’si nomi bilan yuritila boshlanadi; bir vaqtning oʻzida u Toshkent yeparxiyasi sobori maqomini ham oladi. 1958—1960-yillarda episkop Ermogen (Golubev) davrida bino qayta quriladi va ahamiyatli darajada kengaytiriladi.

1990-yillarning boshlarida soborning qoʻngʻiroq minorasi va uning gumbazlari qayta qurildi, soborga tutash hudud kengaytiriladi va obodonlashtiriladi, soborning ichki qismi ham hashamatli koʻrinish kasb etadi. 1996-yil 10-noyabrda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksiy II Toshkentga tashrifi chogʻida soborda diniy xizmatni amalga oshiradi.

2014-yilda mazkur cherkovda ichida dafn marosimi uchun qoʻshimcha tarzda Luko ehromi qurishga qaror qilinadi.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Pravoslavie.uz saytida ibodatxona manzili Lopatko L. P. Toshkent cherkovlari

Markaziy Osiyoda xristianlik tarixi

Turkum:Toshkent soborlari Turkum:Toshkentdagi pravoslav cherkovlari Turkum:Rus pravoslav cherkovi Turkum:Toshkent dekanati ibodatxonalari