Artur Andreyevich GachinskiyV samom nachale kareri, eщyo na detskix sorevnovaniyax, vistupal pod familiey materi — Xil. (ruscha: Артур Андреевич Гачинский; 1993-yil 13-avgust, Moskva) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2011), Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2012) va Rossiya chempionatining ikki karra kumush medali sohibi (2011, 2012).

Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi. Gachinskiy 2012-yil aprel holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida beshinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati Artur olti yoshigacha konkida uchganidan soʻng tez orada figurali uchishga oʻtgan. Toʻqqiz yoshida uning oilasi Moskvadan Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgan. Unga Aleksey Mishin murabbiylik qilgan.

Artur 2006-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya debyut chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi. 2007-yilda Rossiya figurali uchish federatsiyasi 13 yoshli Arturga Rossiyaning „kattalar“ oʻrtasidagi chempionatda ishtirok etishga ruxsat berdiV chempionate Rossii primet uchastie 13-letniy Artur Gachinskiy. Oʻsha paytda bu misli koʻrilmagan qaror edi, bunday yosh sportchilar ilgari hech qachon Rossiya chempionatlarida qatnashmagan edi. Artur 18 ta ishtirokchi ichida 14-oʻrinni egalladi.

2007—2008-yillardagi birinchi xalqaro mavsumida Artur oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining finaliga yoʻllanma oldi va u yerda birinchi, oxirgi oʻrinni egalladi. Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Artur 2008—2009-yilgi mavsumda Gran-pri finalida yana birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya chempionatida esa oʻninchi oʻrinni egallab, oʻsmirlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak boʻlgan Artur shammolashi sababli turnirdan bir kun oldin musobaqani tark etgan.

Artur 2013—2014-yilgi Olimpiya mavsumida murabbiyini almashtirdi. 2015-yil boshida u Ispaniyadagi Universiadada bronza medalini qoʻlga kiritdi. Galchinskiy sentyabr oyining oxirida jarohat oldi. U navbatdagi milliy chempionat uchun eʼlon qilinganlar qatorida edi, biroq jarohati tufayli soʻnggi lahzada musobaqani tark etdi. U 2015-yil 24-dekabrdagi chempionat paytida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Natijalari

2013—2014-yilgi mavsumdan Musobaqalar/mavsum 2013 — 2014 2014 — 2015 Gran-pri: Skate America 8 9 Gran-pri: Rostelecom Cup 6 8 Universiada 3 Finlandia Trophy 3 Rossiya chempionati 6 6 Triglav Trophy 1

2013—2014-yilgi mavsumgacha Musobaqa 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ Jahon chempionatlari 3 18 Yevropa chempionati 5 2 Rossiya chempionati 14 9 10 13 2 2 4 Xitoy kubogi 5 Rossiya kubogi 6 5 7 Skate Canada International 7 9 Zagrebning Oltin Skate8 Finlandiya kubogi 1Nitsa xalqaro kubogi 1J. 1 1Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 3 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 1 1 6 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Belarus 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Buyuk Britaniya 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ispaniya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ruminiya 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Estoniya 2 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 3 1 2 1 J = oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchish boʻyicha Rossiya chempionlari