link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1d/Yamagata_Takahata_Winery.JPG/270px-Yamagata_Takahata_Winery.JPG|right|thumb|270x270px| Yamagata Takahata vino zavodi Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 23367 kishi, 7629 ta xonadondan iborat boʻlib, aholi zichligi 1 km² ga 130 kishidan toʻgʻri keladiTakahata Town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 180,26 kvadrat kilometr (70 mi²).
Geografiyasi Takahata Yamagata prefekturasining janubi-sharqidagi togʻli hududda joylashgan. Shahardan Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Yonezava Nanʼyo Kaminoyama Kavanishi Miyagi prefekturasi Shichikashuku Fukusima prefekturasi Fukusima
Iqlimi Takahata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa/Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Takahatada oʻrtacha yillik harorat ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTakhata population statistics, Takahata aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda biroz kamaygan.
Tarixi Hozirgi Takahata hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, u Tendo domeniga oʻtkazilgunga qadar Oda sulolasitomonidan boshqariladigan qal’a shahri boʻlgan va keyinchalik uning bir qismi Yonezava domeni tomonidan nazorat qilingan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Takahata qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. U 1895-yil 12-dekabrda shahar maqomiga koʻtarildi va kanjida oʻz nomini yozilishi maqsadida 1905-yil yanvarida hozirgi nom koʻrinishini oldi.
Iqtisodiyoti Takahata iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan. Shahar Delaver uzumlari va sharob ishlab chiqarish sanoati bilan mashhur.
Taʼlim tizimi Takahatada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliayat yuritadi.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
Takahata
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
Takahata
Magistral yoʻl
Tōhoku-Chūō Expressway — Nanyō-Takahata almashinuvi Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 113 Milliy yoʻnalish 339 Milliy yoʻnalish 347
Qardosh shaharlar
— Singleton, Yangi janubiy Wales, Avstraliya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Takahata qal’asi sayti Hinata gʻorlari, milliy tarixiy hudud Odachi gʻorlari, milliy tarixiy hudud Hibakoiva gʻorlari, milliy tarixiy hudud Ichinosava gʻorlari, milliy tarixiy hudud
Taniqli odamlar
Yuko Aoki, model Shunsaku Kudo, Yaponiya Imperator dengiz floti zobiti
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Takahata, Yamagata