„Sogʻinib“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. 2012-yil eʼlon qilingan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Skuchayu“ () nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Sogʻinib“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. 2013-yil xonanda „Sogʻinib“ nomli konsert dasturini taqdim etgan. Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor.

Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil armanistonlik xonanda Grigoriy Yesayan qoʻshiqni „Vonc em qez sirum“ () nomi bilan arman tilida kuylagan. Yesayan qoʻshiqni kaver qilish uchun Rahmatullayevdan rasman ruxsat olmagan.

Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2013-yilning iyunida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning oktyabrida qadar 27 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 16 million martadan oshiq koʻrilgan. Rahmatyullayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali klip gʻoyasini qirgʻiz xonanda oʻgʻirlagani haqida yozgan, ammo aynan qaysi xonanda ekanligini ochiqlamagan.

„The cover up kids“ koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Sogʻinib“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Yunusov Behruz ijro etgan Qaraldi: 9-oktyabr 2022-yil.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

„Sogʻinib“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Sogʻinib“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshiqlari Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar