Bradley Ray „Brad“ Evans () 1985-yil 20-aprelda Arizona shtatining Feniks shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbolchi va himoyachi. U „Seattle Sounders“ jamoasida oʻynashi bilan mashhur. AQSh terma jamoasida oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/Brad_Evans_Crew.jpg/190px-Brad_Evans_Crew.jpg|thumb|221x221px| Evans „Columbus Crew“ bilan (2008) link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/Sounder_Brad_Evans.jpg/250px-Sounder_Brad_Evans.jpg|thumb|212x212px| Evans „Seattle Sounders“ bilan (2011)
Boshlangʻich karyerasi 2003-2006-yillarda Irvindagi Kaliforniya universitetida oʻqiyotganda Evans universitet futbol jamoasida oʻynagan. „Irvine Entiters“ uchun toʻrt yil davomida u 75 ta oʻyinda ishtirok etdi va 31 ta gol urdi. Kollejning yozgi mavsumiy mavsumlarida Evans, shuningdek, Orange County Blue Star PDL ligasi jamoasida oʻynagan.
Major League Soccerdagi karyerasi Evans 2007 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan. U professional debyutini 2007-yilning 7-aprelida „New-York Red Bulls“ga qarshi o‘tkazdi. U professional faoliyatidagi ilk golini 2008-yil 10-may kuni „San Jose Earthquakes“ darvozasiga kiritdi. 2008-yilgi mavsumda Bred „Crew“ jamoasiga „oltin dubl“ yaratishga yordam berdi va MLS kubogini yutib oldi va futbolchi „Muxlislar qalqoni“ni qoʻlga kiritdi.
2018-yil 17-dekabrda Bred Evans futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro karyerasi 2005-yilda Bred AQSH yoshlar terma jamoasi tarkibida Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya va Misrga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2013-yil 7-iyun kuni Jahon chempionati saralashida Yamaykaga qarshi o‘yinda Evans milliy terma jamoadagi ilk golini urdi.
2015-yilda Bred KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka va Kuba jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Bred akasi va ikki singlisi bilan katta boʻlgan. U Mountain Point oʻrta maktabida oʻqigan va futbol jamoasida oʻynagan. Evans toʻrt yillik oʻyin davomida 54 ta gol urdi. Bred uylangan, u angliyaning „Liverpool“ klubi va Zinedin Zidanga muxlislik qiladi.
Jamoalardagi faoliyati TurnirJamoaMamlakatMavsumMLS CupColumbus Crew2008Lamar Hunt U.S. Open CupSeattle Sounders FC2009Lamar Hunt U.S. Open CupSeattle Sounders FC2010Lamar Hunt U.S. Open CupSeattle Sounders FC2011Lamar Hunt U.S. Open CupSeattle Sounders FC2014Supporter’s ShieldSeattle Sounders FC2014
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar