Keane William Lewis-Potter (2001-yil 22-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, Premer-liganing „Brentford“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Lewis-Potter 2019-yilning yanvar oyida „Hull City“dagi birinchi oʻyinini Angliya kubogi doirasida „Milwall“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi. 2019-yilning mart oyida Lewis-Potter 2018-19-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Bradford (Park Avenue) jamoasiga ijaraga beriladi.

2019-yil 9-noyabrda Lewis-Potter „Hull City“ safida „West Bromwich“ jamoasiga qarshi o‘yinning 89-daqiqadasida Leonardo Lopes o‘rniga maydonga tushiriladi. 2019-yil 30-noyabrda u Callum Elderning o‘rniga maydonga tushadi va Barnsleyjamoasining darvozasiga gol uradi. Ushbu gol Lewis-Potterning „Hull City“dagi yagona goli boʻlib qoladi. Shuningdek, ushbu gol uning birinchi professional goli hisoblanadi.

2021-yilning 18-yanvarida Lewis-Potter „Hull City“ jamoasi bilan 2023-yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolaydi.

Lewis-Potter 2020-21-yilgi mavsumda „Hull City“ jamoasi safida jami 13 ta gol uradi va mavsumni eng yaxshi toʻpurarlar orasida 3-oʻrin bilan yakunlaydi.

2022-yil 3-mayda Lewis-Potter „Hull City“ jamoasining 3-raqamli toʻpurari sifatida taqdirlanadi. Bundan tashqari „Hull City“ bosh murabbiyi Shota Arveladze uni mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topadi. Muxlislar tomonidan ham mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi degan taʼriflarga sazovor boʻladi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻladi.

Brentford 2022-yil 12-iyul kuni Premer-liganing Brentford klubi Lewis-Potter bilan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu shartnomaning miqdori esa rasman eʼlon qilinmaydi.

Xalqaro faoliyati 2022-yilning mart oyida Lewis-Potter 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruvini oladi. U Albaniyaga qarshi uchrashuvning 82-daqiqada Noni Madueke oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, Angliya U21 terma jamoasidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi.

Faoliyatining statistikasi + Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Hull City 2018-19 Chempionat 0 0 1 0 0 0 — 1 0 2019-20 Chempionat 21 2 1 0 0 0 — 22 2 2020-21 Birinchi liga 43 13 2 0 3 0 3 2 51 15 2021-22 Chempionat 46 12 1 0 1 1 — 48 13 Jami 110 27 5 0 4 1 3 2 122 30 Bradford (Park Avenue) (ijara) 2018-19 Shimoliy milliy liga 5 0 — — — 5 0 Faoliyatidagi jami 115 27 5 0 4 1 3 2 127 30

Yutuqlari Hull City

EFL Birinchi ligasi : 2020-21

Individual

EFLda oyining eng yaxshi yosh futbolchisi : 2020-yil sentyabr „Hull City“ning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22 „Hull City“ da yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22 „Hull City“ muxlislari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22

Manbalar

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Bradford (Park Avenue) A.F.C. futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari