Yoane Wissa (1996-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) – kongolik professional futbolchi, Premer liganing „Newcastle United“ klubi va Kongo DR terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Châteauroux akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan Wissa oʻzining katta faoliyatini 2015-yilda boshlagan. 2018-yilda esa Lorient jamoasiga oʻtgan. U 2019-20-yilgi mavsumning 2-ligasi chempioni Lorient jamoasining asosiy tarkib oʻyinchilaridan biri boʻlgan va 2021-yilga kelib Brentford jamoasiga oʻtgan. Fransiyada tugʻilgan Wissa Kongo DR ning terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda harakat qiladi.

Klublardagi faoliyati

Lorient 2018-yil yanvar oyida Wissa 2-liga Lorient jamoasiga oʻtadi. Wissa mavsum davomida 28 ta oʻyinda maydonga tushib 15 ta gol uradi va uning jamoasi mavsum oxirida 1-ligaga koʻtarilib oladi. U 2020-21-yilgi mavsumda esa 38 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishadi. Wissa 2021-yilning avgustida jamoa safida umumiy hisobda 3.5 yil faoliyati davomida 128 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan futbolchi sifatida klubni tark etadi.

Brentford 2021-yil 10-avgustda Wissa Angliyaga koʻchib oʻtadi va Premer-liganing „Brentford“ jamoasi bilan 8,5 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Koʻzidan operatsiya qilingani sababli mavsum oldidan klub bilan bogʻlana olmaganiga qaramay, Wissa klubdagi dastlabki oltita oʻyinida beshta gol uradi. Uning 2021-yil 21-sentabrda „Oldham Athletic“ jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritgan goli „bicycle kick“ nomi bilan ataladi. Wissaning gollar seriyasi 2021-yil oktabr oyi oʻrtalarida toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli muddatidan oldin yakunlanadi. Ikki oydan soʻng u oʻyinga qaytadi. Bu qaytishidan soʻng mavsum oxirigacha ham zaxiradan ham asosiy tarkibda maydonga tushib faoliyatini davom ettiradi. Mavsum soʻnggi 9 oʻyinining oltitasida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Wissa 2021-22-yilgi mavsumni 34 oʻyin va 10 gol bilan yakunlaydi.

Xalqaro faoliyati Wissa 2020-yil oktabr oyida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining bir juft oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvini oladi. U oʻzining birinchi xalqaro golini Marokashga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritadi.

Shaxsiy hayoti Fransiyada tugʻilgan, asli Kongolik boʻlgan Wissa lingala tilida ham gaplasha oladi. U 15 yoshiga qadar sportning regbi turi bilan shugʻullangan va keyinchalik futboldagi faoliyatini boshlagan. U 2021-yil iyul oyida kislotali hujumga uchragan va shoshilinch koʻz operatsiyasidan soʻng, toʻliq tuzalib ketgan.

Faoliyatining statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChâteauroux II2013-14CFA 2 G guruhi10――102014-15CFA 2 B guruhi149――1492015-1650――50Jami209――209Châteauroux2015-16Milliy2370010247Angers2016-17Liga 120000020Angers II2016-17CFA 2 A guruhi54――54Stade Laval (ijara)2016-17Liga 21520000152Stade Laval II (ijara)2016-17CFA 2 A guruhi10――10Ajaccio (ijara)2017-18Liga 220822102310Lorient2017-18Liga 215410―1642018-1936610304062019-202815410032162020-21Liga 1381021004011Jami11735823012837Brentford2021-22Premyer-liga307103334102022-2372001082Jami37910434212Faoliyatida jami240741149336081

Xalqaro + Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Kongo DR 2020 2 1 2022 6 1 Jami 8 2 +Yoane Wissa tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2020-yil 13-oktyabr Prince Moulay Abdelloh stadioni, Rabat, Marokash 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2022-yil 25-mart Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR 1-0 1-1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Lorient

Liga 2 : 2019-20

Manbalar

Havolalar

Yoane Wissa Newcastle United F.C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:ESA Linas-Montlhéry futbolchilari Turkum:LB Châteauroux futbolchilari Turkum:Angers SCO futbolchilari Turkum:Stade Lavallois futbolchilari Turkum:AC Ajaccio futbolchilari Turkum:FC Lorient futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari Turkum:Championnat National futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari