Sardor Jahonov (; 1996-yil 28-iyun) – oʻzbek professional futbolchisi, Bangladesh Premyer-ligasining Fakirerpool YMC klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U hujumkor yarim himoyachi yoki himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham oʻynashi mumkin.
Futbolchilik faoliyati
Oʻzbekiston chempionatlarida Jahonov futbolchilik faoliyatini 2019-yilda Oʻzbekiston Superligasi vakili „Qizilqum Zarafshon“ jamoasida boshlagan. 2020-yilgi mavsumda Navoiy jamoasini tark etgan va oʻsha mavsum Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Oqtepa“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Oqtepa klubi tarkibida oʻyin amaliyoti kamligi mavsum soʻngida jamoani tark etgan. 2021-yilgi mavsumda Pro liganing boshqa bir ishtirokchisi, „Xorazm Urganch“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Sardor Xorazm klubida ham uzoq vaqt oʻynamagan va yozgi transfer oynasida jamoani tark etgan. 2021-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qirgʻizistonga koʻchib oʻtgan va Qirgʻiziston Premyer-ligasida ligasida ishtirok etuvchi FK Kaganat klubi bilan shartnoma imzolagan. Xorij ligasidagi ilk mavsumida 12 oʻyin oʻtkazgan va 2 gol urgan.
Rajastan Yunayted 2022-yil 1-fevralda Jahonov erkin agent sifatida Rajastan Yunayted jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.
2022-yil 21-martda Sardor klubdagi debyut oʻyinini Cherchill Brothers jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2022-yil 29-mart kuni Gokulam Keralaga qarshi oʻyinda penaltidan kiritgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKubokXalqaroUmumiyDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarQizilqum Zarafshon2019Super Liga5000-50Oqtepa2020Oʻzbekiston Pro ligasi10110-111Xorazm Urganch20219030-120Kaganat2021Premyer-liga12200-122Rajasthan United2021-22I-League14300—143NEROCA2022-230000—00Umumiy statistika5064000546 Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Havolalar Sardor Jaxonov Global sport
Sardor Jaxonov Sofascoreda
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:FC Kaganat klubi futbolchilari Turkum:Rajasthan United FC futbolchilari Turkum:NEROCA FC futbolchilari Turkum:Churchill Brothers FC Goa futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:TRAU FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Bangladesh Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Fakirerpul yoshlar klubi futbolchilari