Bekmurat Qaytmuratov (; 1967-yil 13-avgustda tugʻilgan) – Sovet Ittifoqida tugʻilgan, faoliyati davomida SSSR, Oʻzbekiston va Qozogʻiston chempionatlarida oʻynagan sobiq professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Taraz futbol jamoasida 2006-yilda tugʻilgan futbolchilarga murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Futbolchilik faoliyati 1985-yilda Bekmurat Jambulning „Ximik“ klubida futbolchilik faoliyatini boshlagan va mavsum davomida biroq bor-yoʻgʻi bitta oʻyinda ishtirok etgan (oʻsha yilning 28-aprelida Koʻkchatovning „Torpedo“ klubiga qarshi).
1990-yilgi mavsum SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston SSRning „Yangiyer“ klubi tarkbiga qabul qilingan va uch mavsum davomida oʻynagan. Bu davrda Yangiyer klubi tarkibida 107 ta oʻyinda 2 ta gol muallifi boʻlgan.
1993—1994-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan Jambul viloyatining jamoasi, „Taraz“ klubi tarkibida klubida oʻynagan. 1993-yilgi mavsumda Bekmurat Qozogʻiston kubogi finalida ham ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar Bekmurat Qaytmuratov Footballfacts saytida profili Bekmurat Qaytmuratov Transfermarkt saytida
Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari