Garbis İstanbulluoğlu (1927-yil 24-fevral — 1994-yil 17-fevral), Tenekeci Gabris laqabi bilan tanilgan sobiq turk futbolchisi va murabbiyi boʻlgan.

Yoshlik yillari Asli arman millatiga mansub Garbis Istanbulning Fotih shahridagi Kadirga mahallasida tugʻilgan. Uning otasi tunukachi boʻlgan, Garbis esa otasining kasbi (Tenekeji turkcha tunukachi) boʻlgani uchun muxlislar va matbuot tomonidan „Tenekeci Garbis“ deb atalgan.

Faoliyati İstanbulluoğlu oʻzining mahalliy jamoasi Kadirgaspor bilan futbol oʻynay boshlagan. U 1950-yilda „Vefa SK“ga kelib qoʻshilgan va u yerda 90ta oʻyinda maydonga tushib, 52ta gol urgan. U „Taksim SK“ jamoasida ham uch mavsum oʻynagan.

Milliy terma jamoa İstanbulluoğlu birinchi boʻlib  Turkiya sharafini himoya qilgan asli arman millatiga mansub futbolchi hisoblanadi. U ilk bor Turkiya terma jamoasi safida 1952-yil 1-iyun kuni Anqarada Shveysariyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha uchrashuvida gol urgan. U Turkiya terma jamoasi safida toʻrt marta maydonga tushib, uchta gol urgan. 1953-yil 11-dekabrda Istanbulda Italiya (B) jamoasiga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibda oʻynagan. Biroq bu oʻyin FIFA uchun rasmiy oʻyin hisoblanmaydi.

Murabbiylik Murabbiylik faoliyatini Taksim SKda boshlagan. 1967\1968-yilgi mavsumda u Taksim SK Turk 2 ligasidada Mehmet Ali Hasning yordamchisi boʻlgan. Keyingi yili u Taksim SKning texnik direktori lavozimiga 1974-yilgacha tayinlangan va jamoa Turk havaskorlar ligasiga tushib ketgan. U shuningdek, Shishli SK boshqaruvchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Har ikki jamoa ham Istanbuldagi arman jamiyati vakillik qiladigan klublar sirasiga kirgan.

Oʻlimi İstanbulluoğlu 1994-yil 17-fevralda Istanbulda vafot etgan va Shishli arman qabristoniga dafn qilingan.

Statistika

Klub Klub Mavsum LigaOʻyin Gol Vefa SK 1950-51 12 7 1951-52 13 8 1952-53 13 8 1953-54 16 13 1954-55 17 11 1955-56 12 2 1956-57 17 3 Jami 90 52

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin GolAssis Turkiya 1952-yil 2 1 - 1953-yil 2 2 - Jami 4 3 -

Manbalar

Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Vefa S.K. futbolchilari Turkum:Taksim S.K. futbolchilari Turkum:Turkiyalik futbol murabbiylar