Elena Sedina (; , Olena Sedina; 1968-yil 1-iyunda Kiyevda tugʻilgan) — Ukrainada tugʻilgan italiyalik ayol shaxmatchi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina chempionati, shaxmat boʻyicha Avstraliya ochiq chempionati gʻolibi, shaxmat olimpiadasi va Mitropa kubogi oltin medali sovrindori.

Shaxmatdagi faoliyati Sedina yetti yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va oʻn bir yoshida ayollar oʻrtasida Kiyev chempioni boʻlgan. Oʻn olti yoshida u 1984-yilda Chernigovda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionatida gʻolib boʻlgan.

Sedina 1988-yilda va shuningdek 1990-yilda ham shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

U 1990-yilda Ayol xalqaro ustasi (WIM), 1996-yilda ayol grossmeyster (WGM) va 1999-yilda xalqaro usta (IM) unvonlarini oldi. Elena Sedina 1995-yilda Italiyaga koʻchib oʻtdi va 2001-yil aprel oyidan Italiya shaxmat federatsiyasida dona surishni boshladiPlayer transfers in 2001 FIDE. Retrieved 12 December 2015.

Sedina 1994-yildan 2000-yilgacha toʻrtta ayollar shaxmat Olimpiadasida Ukrainani va 2004-yildan 2012-yilgacha Italiya shaʼnini birinchi bortda himoya qilganWomenʼs Chess Olympiads — Elena Sedina OlimpBase. Uning eng yaxshi natijasi 1994-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan 31-shaxmat Olimpiadasida olimpiadadagi debyuti boʻlib, u yerda 10,5/12 ball toʻplagan va birinchi zaxira taxtasida oltin medalni va eng yaxshi reyting koʻrsatkichi uchun kumush medalni qoʻlga kiritdi31st Chess Olympiad (women): Moscow 1994 — Medals OlimpBase. Shuningdek, u 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan 32-shaxmat Olimpiadasida 3-bortda bronza medalini qoʻlga kiritdi32nd Chess Olympiad (women): Yerevan 1996 — Medals OlimpBase.

Sedina 2001-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi va u yerda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Maya Chiburdanidze bilan baxsda ikkinchi raundda, 2004-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida birinchi raundda Elina Danielian tomonidan magʻlubiyatga uchragan va 2008-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Sedina uchinchi raundga qadar chiqdi, ammo tezkor pley-offda ikkinchi oʻrin egasi Xou Yifan tomonidan magʻlub etildiWorld Chess Championship for Women Mark Weeks.

Jana Krivec bilan birga u 1997-yili Sloveniya ayollar jamoasi shaxmat chempionatida 7/7 ball toʻplagan va 1999-yilda Shveysariya jamoaviy shaxmat chempionatida 8/9 bilan eng yaxshi shaxmat oʻyinchisi boʻlganBig Database 2013, ChessBase GmbH. U 2001-yilda San Martino di Castrozza Open turnirida gʻolib boʻldi, 2000-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Shveysariya chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2001-yildagi musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 2004-yilda Genoa Centurini Open turnirida teng ravishda birinchi oʻrinni egalladi12th Genoa Centurini Open. Tournament Report FIDE.

2005-yil yanvar oyida u Viktoriya shtatidagi Buller togʻida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha Avstraliya ochiq chempionatida 8,5/9 ball toʻpladi va turnirda gʻolib boʻlgan birinchi ayol boʻldiAustralian Open Winners Australian Chess FederationAustralian Open Chess Championship 2005, rootyhillchess.org.

2006-yili Turkiyaning Kushadasi shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 7-Yevropa chempionatida Sadina 7,5/11 ball toʻpladi va bronza medaliga egalik qildi. Bu unga 2008-yilda Rossiyaning Nalchik shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini berdi va u Irina Krush va Nguyen Ti Than Anni magʻlub etib, 3-raundda Xou Yifan tomonidan yana bir marotaba magʻlub etildi.

2007-yilda Tunisning Sus shahrida oʻtkazilgan 5-Oʻrta yer dengizi shaxmat chempionatida bronza, 2008—2009-yillarda Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 6-Oʻrta yer dengizi shaxmat chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Sedina 2008-yildan 2015-yilgacha Mitropa kubogida 8 marta Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U ikkita shaxsiy oltin medalni (2008-yilda Olbia va Merlimont 2011-yil), toʻrtta jamoaviy oltin medalni (2008, 2010, 2011 va 2014-yillarda), bitta kumush jamoaviy medalni (2015) va Mitropa kubogida uchta bronza medalini (2009, 2012 va 2013-yillarda) qoʻlga kiritganMitropa Cup — Elena Sedina OlimpBase.

U shaxmat boʻyicha bir nechta milliy chempionat jamoalarida oʻynagan, jumladan, Germaniyada OSG Baden-Baden jamoasi bilan, Mendrisio jamoasi bilan Shveysariyada, Fransiyada Clichy-Echecs-92 guruhi bilan va Angliyada Vud Green 1 jamoalari bilan dona surgan.

Shaxsiy hayoti Sedina 1990-yilda Kiyev universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Shuningdek, u 1994-yilda Kiyev jismoniy tarbiya va sport institutida shaxmatchilar tayyorlash metodikasi fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.

Manbalar

Havolalar

Elena Sedina chess games at 365Chess.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Italiyalik ayol shaxmatchilar Turkum:Italiyalik shaxmatchilar