Dua Lipa ingliz qoʻshiqchisi Dua Lipa tomonidan chiqarilgan studiyaviy albomdir. Bu albom xonandaning debyut albomi hisoblanadi. 2017-yilning 2-iyunida Warner Bros. studiyasi tomonidan chiqarilgan. Albomni dastlab 2016-yilning sentabrida ommaga havola etish rejalashtirilgan edi, biroq albomga yangi qoʻshiqlar qoʻshilganligi ortidan reliz sanasi kechiktirildi. Albom jami 25 ta ashulani oʻz ichiga olib, ulardan 21 tasining soʻzlarini yozishda qoʻshiqnavis oʻlaroq Lipa ham ishtirok etdi. Albom ustidagi ishlar London, Los Angeles, Toronto va New York shaharlarida boʻlib oʻtib, 2017-yilda yakunlandi.
Dua Lipa albomi musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi. Albom Billboard va Rolling Stone kabi koʻplab xit-paradlar choʻqqisiga chiqdi. „Yil albomi“ nominatsiyasida Brit Awardsga nomzod boʻldi. Albomning „New Rules“, „IDGAF“ va „One Kiss“ singllari ham „Yil singli“ nominatsiyasida ushbu mukofotga nomzod boʻlgan boʻlib, singllardan ikkinchisi mukofotni qoʻlga ham kiritdi. Albom, shuningdek, Lipaga „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy Awardni olishiga ham koʻmaklashdi. Albomning „Electricity“ ashulasi „Eng yaxshi dance audioyozuv“ nominatsiyasida Grammy Awardga loyiq topildi. 2021-yil fevral oyiga koʻra, albom umumjahon boʻylab olti million dona sotilgan.
Treklar
Izohlar Complete Editionning Avstriya, Germaniya va Shveysariyadagi raqamli versiyalarida „One Kiss“, „Electricity“, „Scared to Be Lonely“ va „No Lie“ singllari treklar roʻyxatidan chiqarilib tashlandi.Manbalar:
Reliz tarixi + Hudud Sana Format(lar) Nashr Leybl Manba(lar) Koʻplab davlatlar 2-iyun 2017-yil Standard Warner Bros. Deluxe Raqamli CD Physical Warner Bros. 20-oktabr 2017-yil Maxsus 25-aprel 2018-yil Koʻplab davlatlar 19-oktabr 2018-yil CompleteCitations regarding the release of Dua Lipa: Complete Edition: Raqamli: CD: LP: CD Physical Complete Koʻplab davlatlar 5-oktabr 2020-yil 360 Reality AudioWarner
Manbalar
Havolalar
Turkum:2017-yil albomlari Turkum:Dua Lipa albomlari