Future Nostalgia ingliz qoʻshiqchisi Dua Lipa tomonidan chiqarilgan studiyaviy albomdir. Bu albom xonandaning ikkinchi albomi hisoblanadi. 2020-yilning 27-martida Warner studiyasi tomonidan chiqarilgan.

Albomning „Don't Start Now“ ashulasi yetakchi singl (lid-singl) oʻlaroq 2019-yilning 31-oktyabrida chiqarilib, ham tijorat, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Ashula Billboard Hot 100 chartida 2-oʻrinni egalladi. Keyin, „Physical“ va „Break My Heart“ singllari mos ravishda albomning ikkinchi va uchinchi singllari oʻlaroq chiqarildi va ikklasi ham UK Singles Chartda yuqori oʻntalikka kirdi. „Hallucinate“ va „Levitating“ (DaBaby bilan birgalikda ijro etilgan) qoʻshiqlari albomning toʻrtinchi va beshinchi singllari oʻlaroq mos ravishda 2020-yil 17-iyul va 1-oktyabrda chiqarildi; ulardan ikkinchisi Hot 100 chartida 2-pogʻonani band etgan ikkinchi singl, Lipaning karyerasi davomida esa uchinchi singl (yuqori oʻntalikka kirganiga koʻra) boʻldi. „Love Again“ albomning oltinchi singli oʻlaroq Fransiyada 2021-yil 11-martda, umumjahon uchun esa 2021-yil 4-iyunda chiqarildi. Albomni dastlab 2020-yilning 3-aprelida ommaga havola etish reja qilingan edi, ammo bu muddat uzaytirildi. Albomni targʻib qilish maqsadida Lipa Future Nostalgia turnesini amalga oshirmoqchi edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli bu turne uch marta qoldirildi. Hozir, ushbu turneni 2022-yilning fevralida boshlash reja qilingan.

thumb|right|220px|Future Nostalgia albomi muqovasi

Treklar roʻyxati

Reliz tarixi + Hudud Sana Format(lar) Nashr Leybl Manba(lar) Koʻplab davlatlar 27-mart 2020-yil Standard WarnerCitations regarding the release of Future Nostalgia:

Picture disc 3-aprel 2020-yil CD Physical Koʻplab davlatlar 1-oktyabr 2020-yil Digital reissue 1 29-oktyabr 2020-yil Digital reissue 2 20-noyabr 2020-yil CD French Koʻplab davlatlar 27-noyabr 2020-yil BonusCitations regarding the Bonus Edition release of Future Nostalgia:

CD Physical Bonus 4-dekabr 2020-yil LP French Koʻplab davlatlar 11-fevral 2021-yil The Moonlight Edition 26-mart 2021-yil Citations regarding the physical release of Future Nostalgia: The Moonlight Edition: CD: LP:

Mukofotlar + Yil Marosim Turkum Natija Manba(lar) 2020ARIA Music AwardsEng yaxshi xalqaro artist (Future Nostalgia) Mercury Prize Yil albomlari LOS40 Music Awards Eng yaxshi xalqaro albom People's Choice Awards 2020-yil albomi 2021 TEC Awards Eng yaxshi albom Grammy Awards Yil albomi Eng yaxshi pop vokal albom Brit Awards Yil albomi (faqat britaniyaliklar uchun) American Music Awards Favorite Pop/Rock Album

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yil albomlari Turkum:Dua Lipa albomlari