Minhojiddin Haydar (1941-yil 3-may, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, Maslahat (Toʻn koʻygan) qishlogʻi – 2025-yil 9-yanvar) – jurnalist, shoir, tarjimon, dramaturg. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Biografiyasi Minhojiddin Haydar 1941-yil 3-may kuni Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumaning Maslahat qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng 1958—1960-yillarda Andijon meditsina bilim yurtida oʻqigan. 1963—1968-yillarda Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil olgan. „Oʻzbekiston madaniyati“ (hozirgi „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“) roʻznomasida, „Yosh gvardiya“ va Gʻafur Gʻulom nashriyotida yetakchi muharrir boʻlib xizmat qilgan.

Minhojiddin Haydar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi „Minhoj“ saxovat nashriyotini ochib, unga vafotiga qadar rahbarlik qildi. Mazkur nashriyotda xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlari chop etilgan.

Minhojiddin Haydar 2025-yil 9-yanvar kuni 84 yoshida vafot etgan.

Sheʼriy toʻplamalari „Inson yuragi“ (1971) „Nina ustida qasr“ (1979) „Oʻchmas boʻron“ (1979) „Tirik alanga“ (1984) „Bulbulsiz“ (1991)

Minhojiddin Haydarning „Musallo“ (1992) nomli publitsistik asari nashr etildiSobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993.

Sheʼriy dramalari va pamfletlari „Onaizor“ (1970) „Doʻzaxdagi shayton“ (1976)

Manbalar

Havolalar Minhojiddin Haydar: „Bulbulsoʻz“ saqlab olish Minhojiddin Haydar: „Visol xabari“ saqlab olish Minhojiddin Haydar „Buyuk shaxslar“ portalida

Turkum:1941-yilda tugʻilganlar