Toʻrgʻay viloyati — Qozoq SSR (1970—1988) va Qozogʻiston Respublikasining (1990—1997) tarkibidagi maʼmuriy hudud. Maʼmuriy markazi - Orqaliq shahri.

Geografiyasi Viloyat Qozogʻistonning markaziy qismida, Yesil va Toʻrgʻay daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 111,9 ming km2. Oqtoʻba, Qoʻstanay, Koʻkchatov, Tselinogarad va Jezqazgʻan viloyatlari bilan chegaradosh edi.

Tarixi 1970-yil 23-noyabrda Qozoq SSRning tarkibidagi Qoʻstanay viloyatining sharqiy tumanlarini Oqmoʻla viloyatining gʻarbiy tumanlarini biriktirish natijasida Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. Viloyat markazi etib Orqaliq shahri tanlandi. 1988-yilning 2-iyunida viloyat parchalandi.

1990-yil avgust oyida viloyat qaytadan tashkil topdi. 1991-yilning 16-dekabridan boshlab Qozogʻiston Respublikasining tarkibida. 1997-yil Toʻrgʻay viloyatining hududi Qoʻstanay va Oqmoʻla viloyatlarining tarkibiga qoʻshib berildi.

Aholisi Milliy tarkibi SSRIning 1970-yildagi aholisi sanogʻi boʻyicha viloyatning milliy tarkibi quyidagicha boʻldi: qozoqlar (32,5 %), ruslar (33,7 %), ukrainlar (15 %), shuningdek olmonlar (5,2 %), beloruslar (4,7 %), tatarlar, oʻzbeklar, boshqirdlar, marilar, chuvashlar, moldavanlar, udmurtlar, mordvalar v.b. Aholining oʻrtacha zichligi - 1 km2-ga 2,3 kishi edi. Shahar aholisinining salmgʻi 31 % (80 ming kishi, 1975) tashkil qildi.

Hududiy boʻlinishi 1988-yili Toʻrgʻay viloyatining tarkibiga 1 viloyatga boʻysunuvchi shahar (Orqaliq) va 9 ta tuman kirdi: № Tuman Markazi Aholisi (1989), чел. 1 Orqaliq shahar kengashi Orqaliq62 367 2 Amangeldi tumani Amangeldi27 998 3 Orqaliq tumani Rodina23 216 4 Derjavin tumani Derjavinsk30 634 5 Jangeldi tumani Toʻrgʻay28 765 6 Yesil tumani Yesil44 466 7 Yaxshi tumani Yaxshi20 542 8 Janadala tumani Tasli-Taldi13 058 9 Qiyma tumani Janaqiyma21 110 10 Oktyabr tumani Oktyabrskoye22 852

Havolalar Тургайская область Всемирный исторический проект Путешествие на Тургай (фото)

Manbalar

Turkum:Qozoq SSR Turkum:Qozogʻiston viloyatlari Turkum:Qozogʻiston tarixiy viloyatlari