Voronov Artem Andreevich — 1993-yil 26-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2005-yildan buyon togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Terma jamoa tarkibida Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozogʻiston, Koreya kabi qator davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2009, 2010 va 2012-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari qatnashchisi. 2011-yili oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi. Mazkur qitʼa oʻyinlaridan soʻng xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
Artem Voronov Qozogʻiston va Eron davlatlarida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati sovrindori. Sochi-2014 oʻyinlari yoʻllanmasiga 2013-yilning avgust-sentabr oylarida Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan musobaqalarda ega boʻldi va boʻlajak musobaqaga Italiya, Avstriya va Shveysariyada tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari orqali tayyorgarlik koʻrdi.
Artem Voronov 2014 Qishki olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini 13-fevral kuni togʻ changʻisining super kombinatsiya boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarida boshlaydi. Mazkur musobaqalar Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi. 16-fevral kuni Artem togʻ changʻisining super gigant musobaqasida ishtirok etsa (Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi), 22-fevralda slalom boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqada startga chiqadi (Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi).
Manbalar
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:26-martda tugʻilganlar