Hasan Ruhoniy — 2013-yildan 2021-yilgacha Eron Islom Respublikasining Prezidenti. 1948-yil, 12-noyabrda Eronning Sorhe shahrida tugʻilgan. Hasan Ruhoniy siyosatchilikdan tashqari Islomning Shia mazhabi yetakchisi hamdir. Hasan Ruhoniy Eronning 7-prezidenti hisoblanadi.
Hayoti Hasan Ruhoniy 1948-yil 12-noyabrda Eronning Semnan ostanidagi Sorhe shahrida tugʻilgan. Diniy savodni 1960-yildan boshlab oldi. 1969-yil Tehron universitetiga oʻqishga kirdi va 1972-yili Sud huquqlari boʻyicha bakalavr darajasiga koʻtarildi. 1995-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Kaledon Universitetida „Eron misolida Islomiy qonunchilik“ (The Islamic legislative power with to the Iran experience) magisterlik dissertatsiyasini yoqladi. 1999-yili oʻsha universitetda „Falsafa va Davlat huquqshunosligi“ boʻyicha doktor unvonini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek Hasan Ruhoniy koʻp tillarda soʻzlasha oladi, bular: fors, arab, ingliz, fransuz va olmon tillaridirНовый президент Ирана: кто он?.
Siyosiy karyerasi 1991-yildan boshlab siyosiy karyerasi boshlandi. 1989-yildan „Milliy Xavfsizlikning oliy kengashi“ aʼzosi, 1999-yildan boshlab esa „Ekspertlar Hamjamiyati“ aʼzosi. Eron yadroviy dasturi boʻyicha Yevropa davlatlari bilan muzokara olib borgan. 2013-yil 15-iyun kuni „Prezideentlik saylovlari“da gʻalaba qozondi va „Eron Islom Respublikasi Prezidenti“ deb eʼlon qilindiEronda yangi prezident Hasan Ruhoniy qasamyodga keltirildi.
Fotosuratlar
Manbalar
Havolalar Hasan Ruhoniy Eron prezidenti sifatida ishga kirishdi Президентом Ирана избран Хасан Роухани Хасан Рухани вступает в должность президента Ирана
Президент Ирана Хасан Роухани//Передача радиостанции "Эхо Москвы" Хасан Рухани: Почему Иран Стремится к Конструктивном Взаимодействию , Washington Post, 20 сентября 2013 года, перевод ПолиСМИ
Turkum:Eron siyosatshunoslari Turkum:Eron prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar